Breaking News

Nazarboyev AQSh vitse-prezidenti bilan uchrashdi


Prezident Nazarboyev kecha Oq uyda Amerika rahbari Donald Tramp bilan uchrashgan edi
Prezident Nazarboyev kecha Oq uyda Amerika rahbari Donald Tramp bilan uchrashgan edi

17-yanvar kuni AQSh Vitse-prezidenti Mayk Pens Vashingtondagi rezidensiyasida Qozog'iston rahbari Nursulton Nazarboyevni mehmon qildi.

Nazarboyev kecha Oq uyda mehmon bo'lgan edi. Prezident Donald Tramp bilan AQSh va uning davlati orasidagi azaliy strategik sheriklikni mustahkamlashga kelishib oldi.

Qozog'iston Amerikaning 20 kompaniyasi bilan yangi biznes bitimlar imzolagan. Ularning qiymati 7,5 milliard dollarga teng.

Hozirgacha AQSh ishbilarmonlari asosan Qozog'iston neft sanoatiga pul tikib kelgan. Endi bu o'zgaradi, deydi rasmiylar. Iqtisodiyotning boshqa jabhalariga qiziqish katta, jumladan qishloq xo'jaligi, metallurgiya, turizm va texnologiya.

Mayk Pens bilan muloqotda AQShning Janubiy Osiyodagi siyosati, xususan Afg'onistonda tinchlikka erishish uchun ishlab chiqqan yangi strategiyasi haqida gap ketgan. Nazarboyev bu borada yordam va'da qilgan.

Ostona va Vashington yadroviy qurollanish va atom materiallari tarqalishiga qarshi birgalikda chora ko'radi, dedi Nazarboyev, Tramp va Pens bilan muloqot ketidan.

Boyitilgan uran zaxirasi ombori Qozog'istonda joylashgan. Uni BMT yuritadi.

Pens Nazarboyevni etnik va diniy xilma-xillikni qadrlovchi, uzoqni ko'ra biladigan lider, deya maqtagan. Terrorizmga qarshi kurashda Qozog'iston ishonchli sherik, degan gaplar yangramoqda.

Inson huquqlariga hurmat va erkinlik bobida Qozog'iston orqada ekani tan olinsa-da, bu borada uchrashuvlarda og'iz ochilmagan. Huquq tashkilotlari Nazarboyevning AQShga tashrifi arafasida Tramp ma'muriyatini bu borada dangal gapirib, Qozog'istonning qariyb 30 yillik rahbarini demokratik qadriyatlarni e'zozlashga undang, deya chaqirgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG