Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un Janubiy Korea Prezidenti Kim Jey Mun bilan 27-aprel kuni uchrashadigan bo’ldi. Tarixiy uchrashuv kuni bugun ikki davlat rasmiylari o’rtasidagi majlisda belgilandi.
So’nggi bor ikki davlat liderlari 2007-yilda Pxenyanda uchrashgan edi. O’shanda Kim Chen Unning otasi Kim Chen In Janubiy Koreya Prezidenti No Mu Xen bilan muloqot qilgan.
Kuni kecha esa Kim Chen Un Xitoyga ilk safaridan qaytdi. AQSh Prezidenti Donald Tramp ham u bilan muloqot qilishga tayyor ekanini aytgan. Ayni damda Janubiy Koreya yordamida ana shu uchrashuvga tayyorgarlik ketmoqda.
Kim va Tramp qachon va qayerda uchrashishi noma’lum, ammo xabarlarga qaraganda, sammit may oxirlarida o’tkazilishi mumkin.
Facebook Forum