Breaking News

O'zbekiston Afg'onistondagi temir yo'l qurilishiga 500 million dollar ajratadi


Afg'oniston delegatsiyasi O'zbekistonda
Afg'oniston delegatsiyasi O'zbekistonda

Afg’oniston Moliya vaziri Iklil Hakimiy O’zbekistonga yuqori martabali delegatsiya bilan safar qilib, Bosh vazir o’rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov bilan bo’lgan rasmiy uchrashuvida ikki tomonlama iqtisodiy va tijoriy hamkorlikni muhokama qildi.

Iklil Hakimiyning bildirishicha, tomonlar ikki davlat prezidentlari qo’l qo’ygan bitimlarning tatbiqiga oid masalalarni ko'rib chiqqan.

Uchrashuvda O’zbekiston Bosh vaziri o’rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov Toshkent Afg’onistonga 500 million dollarlik yordam berishini bildirgan. Bu yordam Mozori Sharif - Maymana - Hirot temir yo’lini qurishga mo’ljallangan.

Iklil Hakimiyning o’z rasmiy sahifasida yozishicha, uchrashuvda O’zbekistonning Afg’onistonda temir sanoati, sement fabrikalari uchun sarmoya yotqizishi ham bahs qilingan.

Shuningdek, tabiiy konlar, bojxona, banklar, ikki davlat banklari hamkorligi ustida ham muzokaralar kechgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, Afg’oniston internet narxini arzonlashtirish maqsadida O’zbekiston internet tarmog’iga ulanadi.

Bundan tashqari, Xitoy va boshqa davlatlarga tovarlarni eksport qilish, viza qulayligini ta’minlash, afg’on talabalariga qulaylik yaratish masalalari yuzasidan ham gaplashilgan.

Afg’oniston O’zbekistondan davlat idoralari uchun zarur materiallarni sotib olishga qiziqish bildirayotgani ham ta’kidlangan.

Tomonlar imzolanayotgan har bir bitimning amalga oshishiga urg’u berishgan.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG