Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un va Janubiy Koreya Prezidenti Mun Jey In ikki davlatni bir-biridan ajratadigan Pxanmunjon qishlog'ida uchrashdi. Bu Koreya davlatlarining uchinchi sammiti bo'lsa-da, shimoldagi kommunist davlat rahbari demokratik Koreyaga birinchi bor kirishi. Janubiy Koreya uning tashrifini tantana bilan kutib oldi.