Birlashgan Millatlar Tashkiloti 3-mayni Dunyo matbuot erkinligi kun deb e'lon qilgan. Bugun dunyoda matbuot erkinligi qay ahvolda? Markaziy Osiyoda, xususan, O'zbekistonda vaziyat qanday? "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonini shu mavzuga bag'ishladik. Bu masalada Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasining Markaziy Osiyo bo'yicha tadqiqotchisi Gulnoza Said biz bilan muloqotda bo'ldi.
Yaqinda "Chegara bilmas muxbirlar" va "Ozodlik uyi" tashkilotlari dunyo bo'ylab so'z erkinligi ahvoli bo'yicha hisobotlarini chiqardi. Ularda tilga olingan umumiy xulosa shuki, jahon bo'ylab deyarli barcha mintaqalarda so'z erkinligi darajasi o'tgan yillarga qaraganda ancha tushgan. Hatto demokratik davlatlarda ham, xususan, AQShda va bir qator Yevropa davlatlarida jurnalistlarga bosimlar oshgan va natijada so'z erkinligi darajasi pasaygan.
Gulnoza Saidning aytishicha, populistik da'vatlar bilan hokimiyatga kelgan rahbarlar davrida jurnalistlarga qarshi bosim va tahdidlar kuchaydi va bu so'z erkinligi darajasining kamayishiga hissa qo'shdi.
Hisobotlarda qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari orasidan faqat O'zbekistonda so'z erkinligi borasida ahvol biroz yaxshilangan, qolgan mamlakatlarda vaziyat yomonlashgan.
O'zbekistondagi o'zgarishlar nimalarda ko'rinadi? Mamlakatda haqiqiy matbuot erkinligi paydo bo'lishi uchun sharoit yaratildimi?
Mehmonimizning shu va boshqa savollarga bergan javobini ko'rish uchun quyida muloqotimizni tomosha qiling.
Facebook Forum