Breaking News

Afg'oniston: xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlik hamon normal hol


BMTga ko’ra, Afg’onistonda zo’ravonlik qurboni bo’layotgan xotin-qizlar adolat izlasa, ko’p hollarda eshiklar yopiq. Tajovuzkorlik jinoyat deb baholanmaydi va ayollarga zo’ravonlik qilganlar odatda jazoga tortilmaydi. BMTning Jenevadagi Inson Huquqlari kengashi va BMTning Afg’onistondagi missiyasi bilan hamkorlikda yangi hisobot chop etdi.

Ayollarni azoblash Afg'onistonda jinoyat emas
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:12 0:00

Hisobot 2015-yilning avgustidan 2017-yilning dekabrigacha bo’lgan davr mobaynida ayollarga zo’ravonlik ortidan qo’zg’atilgan 237 jinoiy ish va qotillik bo’yicha ochilgan 280 ishni tahlil qiladi. Qotilliklar aksariyat hollarda “oilaning sha’nini himoya qilish” uchun amalga oshirilgan, ya’ni oilasi chizgan chiziqdan chiqqan qizlar yaqinlari tomonidan o’ldirilgan.

BMTning Inson huquqlari bo’yicha so’zlovchisi Liz Trossel mahalla raislarining aralashuvi va ishlarni “bosdi-bosdi” qilib yuborishi keng tarqalgan va chidab bo’lmas holat, deydi.

“Tashvishlisi shundaki, ayollarga nisbatan zo’ravonlik ko’p hollarda jinoyat deb qaralmaydi. Afg’on hukumati bu masala bilan shug’ullanayotganini bildirsa-da, jabrlanuvchilar davo arizasi bilan sudga berolmaydi. Ularga bosim o’tkaziladi. Ayollar taslim bo’ladi”, - deydi Liz Trossel.

Afg’oniston Mustaqil inson huquqlari qo’mitasi hisobotiga ko’ra, xotin-qizlarga tajovuzkorlik ustidan 2016-yilning o’zida 5575 ta jinoiy ish qo’zg’atilgan. Ammo hisobotda qanchadan-qancha “bosdi-bosdi” qilingan ishlar hisobga olinmagani ham ehtimoldan holi emas.

BMTning Inson huquqlari bo’yicha oliy komissari Zaid Raad al-Husayn vaziyatni qoralab keladi.

“Oliy komissarning fikricha, xotin-qizlarning kaltaklanishi, zo’rlanishi, vahshiyona o’ldirilishiga aslo toqat qilmaslik kerak”, - deydi Liz Trossel.

Hisobot xotin-qizlarga nisbatan kuch ishlatish, tajovuzkorlik holatlarida afg’on hukumatini jinoiy ish qo’z’gatishga va zo’ravonlik qilgan kimsalar javobgarlikka tortilishini ta’minlashga undaydi. Zo’rlab turmushga berish kabi an’analarni ham amaliyotdan chiqarib tashlashga da’vat etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG