O'zbekistonda sovetlar hukmronligi boshlanishi bilan minglab oilalar dinini va erkinligini saqlab qolish uchun vatanini tashlab ketishga majbur bo'lgan. Ularning avlodlari bugun dunyoning turli davlatlariga tarqab ketgan. Bugun Afg'onistondan tortib Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya va hatto AQSh hamda Yevropa davlatlarida ularni ko'plab uchratish mumkin.
Ular orasida tarixiy vataniga doimiy qaytishni, O'zbekistondan fuqarolik olishni istaydiganlar oz emas. Bu masalada bir guruh saudiya arabistonilik o'zbeklar O'zbekiston hukumatiga hatto rasmiy murojaat bilan ham chiqishdi. Natija qanday bo'ldi?
Ota-bobolari asli o'zbekistonlik, o'zi Afg'onistonda tug'ilgan va hozir AQShda istiqomat qiluvchi Abdulmannon Keskin bilan shu haqda suhbat qurdik.
Muloqotimizni quyida tomsha qiling.
Facebook Forum