Har yili sentabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yillik anjumani ish boshlaydi. Unda a'zo mamlakatlar rahbarlari Bosh Assambleya minbariga chiqib xalqaro mavzularda ma'ruza o'qiydi.
Bu yilgi chiqishlarda dunyo yetakchilari, asosan, nima haqda gapirmoqda? Dunyoni bezovta qilayotgan eng muhim global muammolar nima? AQSh Prezidenti Donald Tramp bu safargi nutqida nima haqida gapirdi va u xalqaro hamjamiyat tomonidan qanday kutib olindi?
Mana shu savollarga javob topish uchun "Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonini BMT Bosh Assambleyasi yig'iniga bag'ishladik.
Quyida muloqotimizni tomosha qiling.
Facebook Forum