Breaking News

AQSh-Turkiya ziddiyati davom etadi


Amerika kuchlari Turkiya havo hujumiga uchragan kurdlar harakati bosh qarorgohida, 25-aprel, 2017-yil.
Amerika kuchlari Turkiya havo hujumiga uchragan kurdlar harakati bosh qarorgohida, 25-aprel, 2017-yil.

AQSh va Turkiya munosabatlaridagi tanglik Suriya zaminiga ham ko’chishi mumkin. Prezident Donald Trampning Suriyadan Amerika qo’shinlarini chiqarish va kurd harakatini dastklashni to’xtatish qaroridan chekinayotgani bunga sabab bo’lmoqda.

Vashingtonning “Islomiy davlat”ga qarshi kurashda kurd harakatini dastaklashi AQSh-Turkiya munosabatlarining kekskinlashishiga olib kelgan edi. Anqara Suriyadagi kurdlar harakatini Turkiya ichkarisida uzoq yillardan beri isyon ko’tarib kelayotgan PKK bilan aloqadorlikda ayblaydi.

Prezident Tramp “Islomiy davlat” ustidan g’alaba qozonilganini e’lon qilgan. Kurdlar harakati bilan hamkorlik qilayotgan Amerikaning 2000 askarlik qo’shinini Suriyadan zudlik bilan qaytarish qarori Anqara bilan yuzaga kelgan tanglikning tugatilishiga sabab bo’lishi kutilayotgan edi. Biroq Tramp 2-yanvar kuni aksincha bayonot berdi. “Men zudlik bilan yoki asta-sekin deganim yo’q. Kimdir to’rt oy ichida deb e’lon qilib yuboribdi. Men bunday ham deganim yo’q”, - dedi prezident.

Trampning “Biz Suriyadagi kurdlarni qo’llab-quvvatlashni istaymiz” degan bayonoti Anqaraning yanada keskin e’tiroziga sabab bo’ldi. AQSh prezidentiga Suriyani tark etish qarori yuzasidan ichki va xalqaro bosim ortib bormoqda. Turkiya harbiy kuchlari kurd harakatiga qarshi ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik ko’rishda davom etmoqda.

“Anqaraga ko’ra, Turkiya milliy xavfsizligiga tahdid ildizi Suriyaga borib taqaladi. PKKning bir bo'lagi Suriya chegarasini nazorat qilayotganini aytishadi. Anqara bir necha bor bunga izn bermasligini ma’lum qilgan”, - deydi Turkiyaning sobiq diplomatlaridan Aydin Seljen.

​Trampning Suriyadan chiqish qarori Turkiyada kurd harakatiga qarshi hujum ochish uchun “yashil chiroq” sifatida qabul qilinayotgan edi. Biroq Trampning bunga shoshmayotgani va kurdlarni dastaklashda davom etishi haqidagi bayonoti chigal vaziyatni yuzaga keltirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG