Breaking News

Favqulodda vaziyat e'lon qilinsa, nima bo'ladi?


Protests in Washington, D.C.
Protests in Washington, D.C.

Amerikada favqulodda vaziyat e’lon qilinishi nimani anglatadi?

Oq uy mamlakat janubida chegara devorini qurishdan voz kechmoqchi emas.

5,7 milliard dollarlik devor qurilishini moliyalashga demokratlar keskin qarshi.

Prezident favqulodda vaziyat vakolatini devor qurish uchun qo’llay oladimi?

Qisqa javob: Ha.

Prezident sifatida Tramp favqulodda vaziyat e’lon qilish huquqiga ega. Biroq bu vaziyat prezidentga keng vakolatlarni taqdim etmasligi mumkin. Kongress 1976-yilda bu borada qonun qabul qilgan. Prezidentning favqulodda vaziyat e’lon qilish qarori Kongress tomonidan tekshiriladi. Qonunga muvofiq, prezident Kongress va xalqqa hisobot berishi shart. Kongress har olti oyda favqulodda vaziyatni saqlab qolish yoki tugatish masalasini ko’rib chiqadi.

Favqulodda vaziyat uchun asos nima?

Trampga ko’ra, Amerikaning janubiy chegarasida minglab migrantlar to’planishi favqulodda vaziyat. Jinoyatchilik, odam savdosi, narkotraffik va terrorizm kabi jiddiy tahdidlarni prezident aynan Meksika chegarasi bilan bog’liq deb biladi. Biroq tanqidchilarga ko’ra, chegaraga boshpana istab kelganlarning yuqoridagi tahdidlarga aloqadorligini isbotlovchi dalillar yo’q. Tramp ma’muriyatining ularga bunday tamg’ani bosishga haqqi yo’q.

Devor xarajati qanday qoplanishi mumkin?

Favqulodda vaziyat to’g’risidagi qonunga ko’ra, mudofaa vaziri qurilish loyihalariga Kongress roziligisiz mablag’ ajratish vakolatiga ega.

Kongress qanday vakolatga ega?

Kongress favqulodda vaziyatni ikki palata tasdig’i bilan rad etishi mumkin. Biroq respublikachilar ko’pchilikni tashkil etuvchi Senatda uning tasdiqlanish ehtimoli juda kam.

Favqulodda vaziyat e’lon qilish qaroriga qarshi sud ishlari ochilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG