So'nggi yillarda Xitoyda milliondan ortiq uyg'ur va boshqa ozchilik musulmon elatlar "qayta tarbiyalanish" uchun majburiy lager va qamoqlarga tashlangani haqida huquq faollari va xalqaro hamjamiyat bot-bot gapirib kelmoqda.
Bu masalada biror o'zgarish bormi? Xitoydagi uyg'urlarning bugungi ahvoli qanday? Xalqaro hamjamiyat bu mavzuga yetarli e'tibor beryaptimi va Xitoy hukumatiga qarshi qanday choralar ko'rilmoqda?
"Uyg'ur inson huquqlari loyihasi" tashkilotining boshqaruv kengashi raisi, huquqshunos Nuri Turkel bilan shu mavzuda gaplashdik.
Turkelning aytishicha, Xitoy hukumati uyg'urlar masalasida siyosatini o'zgartirish niyatida emas; aksincha, uyg'urlarni diniy, milliy va madaniy o'zligidan ayirishda davom etib, bu qilmishlarini xalqaro hamjamiyat oldida xaspo'shlashga harakat qilmoqda.
Suhbatimizni to'liq quyida tomosha qiling.
Facebook Forum