Breaking News

Suriyada IShIDning so'nggi manziliga hujum boshlandi


Xalqaro hayot: IShIDning so'nggi manziliga hujum
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00

Suriyada AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya "Islomiy davlat" jangarilari o'rnashib olgan so'nggi manzilga hujum boshladi. Lekin minglab tinch aholi vakillari bu hududdan qochishni boshlagach, amaliyot to'xtab qolgan. Qochayotganlar orasida jangarilar oilasi ham bor.

"Ilmsiz edim. Islomda ilm olish muhim. Afsusda emasman, chunki bu mening kuchli bo'lishim, ona bo'lishim uchun yaxshi tajriba bo'ldi", - deydi Lidiya Fahim ismli beva ayol.

Kuzatuvchilarning aytishicha, Iroq chegarasidagi ikki qishloqdan so'nggi kunlarda 20 ming odam qochib chiqqan. Haligacha odamlar oqimi davom etmoqda.

"Odamlar qocha boshladi va biz otishni sekinlashtirdik, chunki tinch aholiga zarar yetkazishni istamaymiz", - deydi askarlardan biri.

Oddiy aholini jangarilardan ajratish uchun kelganlar Bag'uz qishlog'i tashqarisida tekshirilmoqda. So'ng ular qochoqlar lageriga joylashtirilmoqda.

Irlandiyalik Aleksandr Bekmirzayev qo'lga tushgan ehtimoliy jihodchilardan biri.

"Bolalar va ayollar bilan yursak, katta guruh bo'lsak, xavfsiz bo'ladi; chunki ko'p odamni, ayniqsa, bolalarni, yig'layotgan bolalarni ko'rishsa, bizga zarar yetkazishmaydi, deb o'yladik", - deydi u.

Odamlar orasida xorijliklar ko'p.

"Har xil odamlar bor: arablar, chet elliklar juda ko'p. Ularga uy yetmaydi. Ko'chalarda, chodir va chuqurlarda o'tirishibdi", - deydi iroqlik qochoqlardan biri.

Kurdlar yetakchiligidagi Suriya Demokratik kuchlariga ko'ra, jangarilar oddiy fuqarolardan qalqon sifatida foydalanishi hollari ko'p uchraydi.

Bag'uz qishlog'i shimoliy Suriyada IShID nazoratidagi so'nggi manzil ekani aytiladi.

"Bag'uz ostonasidamiz. Tez orada uni ozod qilishdan umidvormiz. Kayfiyatimiz a'lo. Uni terrorizm kuchlaridan to'la xalos qilmaguncha uyga qaytmaymiz", - deydi askarlardan biri.

IShID bir paytlar Iroq va Suriyada katta hududlarni qo'lga kiritgan edi. Xalqaro kuchlar sa'y-harakati bilan bu manzillarning deyarli barchasi jangarilardan tortib olindi. Lekin guruh hanuz ayrim hududlarda nazoratni saqlab turibdi va kutilmagan hujumlarni amalga oshirish salohiyatini butkul boy bermagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG