Breaking News

AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari ikkinchi bor uchrashdi

Prezident Donald Tramp deydiki, agar Pxenyan istasa, porloq kelajagini ta'minlay oladi. Yadroviy maqsadlaridan voz kechishi kerak, deydi Tramp.

Amerika prezidenti nazarida, Shimoliy Koreya Vyetnamdan saboq olishi lozim.

"Do'stim Kim Chen Un bilishi kerakki, istiqbol uning qo'lida. Ajoyib kelajak qura oladi", - deydi Tramp.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo ta'kidlashicha, progress bo'lmagani sabab ham Pxenyan hamon sanksiyalar ostida.

Pompeo deydiki, Shimoliy Koreya oldida ikki yo'l: biri hozirgisi, qashshoqlik va yakkalanish hamda yadroviy qurollar; ikkinchisi esa qo'shni Janubiy Koreya singari iqtisodiy jihatdan mustahkam tuzumga aylanish. AQSh unga ikkinchi yo'lni taklif qilmoqda, deydi Pompeo.

Tramp Kim Chen Unni do'st deb, u bilan muloqotdan buyuk natijalar kutayotganini aytsa, Pompeo oldinda og'ir vazifalar turibdi, deydi.


XS
SM
MD
LG