Breaking News

AQSh chegarasida chindan ham favqulodda vaziyat mavjudmi?


Prezident Tramp devor qurilishiga erisha oladimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:36 0:00

Prezident Donald Tramp e’lon qilgan favqulodda vaziyat Kongressning Vakillar palatasi tomonidan asossiz deb topilgan. Ushbu rezolyutsiya respublikachilar nazoratidagi Senatda ham ovozga qo’yiladi. Senat ham prezident qaroriga norozilik bildirsa, Tramp veto huquqidan foydalanishi mumkin.

Donald Tramp AQSh-Meksika chegarasida devor qurishni maqsad qilgan.

“Qoradori, jinoyatchilar va qochqinlar oqimini to’xtatish kerak”, - deydi prezident.

Biroq Senat ham prezident qaroriga qarshi ovoz berishi mumkin.

“Chegarada favqulodda vaziyat yo’q”, - deydi demokrat Tom Udall.

“Kongressga berilgan vakolatlarni himoya qilishimiz kerak”, - deydi respublikachi Syuzan Kollins.

Kongress devor qurilishiga talab qilingan mablag’ning kichik qismini tasdiqlagan edi. Favqulodda vaziyat e’lon qilish bilan prezident Kongressni chetlab o’tishga qaror qildi. Jumladan, harbiy sohaga ajratilgan milliardlab dollarlik mablag’ni chegara devori uchun sarflamoqchi. Aksar partiyadoshlari Trampni qo’llab-quvvatlamoqda.

“Amerikaga chegara orqali kirib kelayotgan narkotik moddalar, qotilliklar, odam savdosi jiddiy muammoga aylangan. Prezidentning bunday qaror chiqarishga to’liq vakolati bor”, - deydi respublikachi Kevin Makkarti.

Biroq demokratlar va ayrim respublikachilarga ko’ra, Tramp qarori AQSh konstitutsiyasiga zid va xavfli pretsedent bo’ladi.

“Bu demokratiyadan yakkahokimlik sari yirik qadam bo’lishi mumkin. Prezidentlar Kongressni chetlab o’tib qaror qilmasligi kerak”, - deydi demokrat Chak Shumer.

“Favqulodda vaziyat e’lon qilish qarori hokimiyat organlari o’rtasidagi muvozanatni izdan chiqaradi. Ovozga qo’yilayotgan rezolyutsiya prezidentni o’z vakolatlarini suiiste’mol qilishdan to’xtatadi”, - deydi respublikachi Syuzan Kollins.

Tramp bunday xavotirlarni inkor etdi.

“Kongressdagi do’stlarim qandaydir xavotirlar haqida gapirishayotgani nimasi? Qotillar, narkotraffik va qoradori savdosi bilan shug’ullanadigan kartellar mamlakatimizga kirib kelishi meni tashvishga soladi”, - deydi prezident.

Senat mart oyining o’rtalarigacha prezident qarorini ovozga qo’yadi. Agar Senat ham qarshi chiqsa, Tramp veto huquqidan foydalanadi. Natijada favqulodda vaziyat masalasi sudda ko’rilishi mumkin. Kongressning avval devorni moliyalashni rad etgani, so’ng prezident parlamentni chetlab o’tib, mablag’ olishga uringani inobatga olinishi turgan gap.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG