Breaking News
Din

Qamoqxonadagi musulmonlarga diniy ta'lim berilmoqda


Qamoqxonada ibodat qilayotgan musulmonlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:55 0:00

AQSh konstitutsiyasiga ko'ra, har bir shaxs o'z diniga e'tiqod qilish huquqiga ega, hatto qamoqxonada ham. Shu bois AQSh hibsxonalarida ham diniy xizmatlar va marosimlar taklif qilinadi. Masalan, Virjiniyadagi qamoqxona musulmon mahbuslar uchun juma namozini tashkil etish uchun Shimoliy Amerika Islomiy doirasi bilan hamkorlik qilmoqda.

Arlington okrugi qamoqxonasi. Bu yerda Said va u kabi boshqa musulmon mahbuslar juma namozini o'qimoqda.

"Bunday dasturlar ko'p emas. Shu bois juma kunlari birga qiladigan ibodatimiz o'tadigan kunlarimizni yaxshiroq qiladi", - deydi Said.

Said juma dasturida qatnashayotgan 23 mahbusdan biri. Qamoqxona rasmiylarining aytishicha, ularning aksariyati mayda jinoyatlar uchun o'tiribdi.

"Bu dastur o'z e'tiqodimni topishimga yordam beryapti", - deydi bu yerdagi ayollardan biri.

Qamoqxona vakili Kristen Keyn mahbuslarga imom topish maqsadida mahalliy islom markazi bilan bog'langan.

"Shu hududdagi Baytul Mukarram nomli masjidga bog'lanib, janob Ahmed bilan gaplashdim. U mahbuslarni diniy materiallar va xizmatlar bilan ta'minlovchi ko'ngillilarni topib berdi", - deydi u.

Shundan so'ng 2017-yil Shimoliy Amerika Islom doirasi Musulmon mahbuslarni qo'llash loyihasini boshladi.

Hozir loyiha doirasida AQShdagi 12 hibsxonada juma namozlari va islomiy ta'lim xizmatlari yo'lga qo'yilgan.

"Musulmon mahbuslarni qo'llash loyihasi AQShdagi barcha musulmonlarga islomiy ta'lim, ibodat va boshqa ehtijoylarini ta'minlash yo'lida yordam berishni ko'zlaydi. Biz ularni musulmon advokatlar, huquqiy yordam beruvchi boshqa tashkilotlar bilan ham bog'lab qo'yamiz", - deydi loyiha boshqaruvchisi Safat Ahmed.

O'tgan yili qamoqxonada islomni qabul qilgan Shon Dayson bu xizmatlardan mamnun.

"Yangi musulmon bo'lganim uchun bu dastur menga ko'p yordam berdi. Chunki juma namozida qatnasha olyapman va islom haqida ko'proq narsa o'rganish uchun diniy materiallar berishdi", - deydi u.

Dasturda ishtirok etayotgani uchun ko'ngillilar ham xursand.

"Ilgari ham xutbalar qilganman. Dastur haqida to'liq tasavvurga ega emas edim. Lekin xutba o'qishda va jamiyatga yordam berib, ular bilan aloqa o'rnatishda davom etaman", - deydi Rakibul ismli ko'ngilli.

Qamoqxona rasmiylarining aytishicha, bu yerda o'tgan yili 100 mahbus ro'za tutgan. Ular va loyiha tashkilotchilari bunday dasturlarning boshqa hibsxonalarda ham yo'lga qo'yilishidan umidvor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG