Breaking News

Ivanka Tramp dunyo ayollarini himoya qilmoqchi


Ivanka Tramp dunyo ayollarini dastaklash harakatida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:34 0:00

Efiopiyaga uch kunlik tashrif ortidan AQSh prezidenti maslahatchisi Ivanka Tramp Kot-d’Ivuarga kelgan. Tashrif Afrika qit’asi ayollari uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan. Prezident Donald Trampning qizi boshchilik qilayotgan dastur AQSh hukumatining ayollar huquqini himoya qilish va ularni qo’llab-quvvatlashga doir uzoq yillik global siyosati davom etayotganini ko’rsatmoqda. Biroq Tramp xalqaro yordam dasturlarini keskin qisqartirish uchun kurashib keladi.

Afrika ayol tadbirkorlar erkak tadbirkorlardan ko’proq bo’lgan yagona mintaqa hisoblanadi.

AQSh prezidenti maslahatchisi Ivanka Tramp Addis-Ababada ayollar ochgan bizneslar faoliyati bilan tanishdi, dastgohda ishlashni mashq qildi…

Oq uyning ayollar bo’yicha global iqtisodiy tashabbuslaridan gapirar ekan, Efiopiya qahvasidan tatib ko’rdi.

“Ayollar uchun sarmoya ajratish taraqqiyot siyosatining muhim qismi sanaladi. Biz xavfsizlik nuqtai nazaridan ham manfaatdormiz. Chunki ayollarga imkoniyat berilsa, tinchlik va barqarorlik ta’minlanadi”, - deydi Ivanka Tramp.

Tashabbus ishchi va tadbirkor ayollar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan bo’lib, ularning salohiyatini oshirish, moliyaviy dastaklash, ayollarni cheklaydigan qonunlarni o’zgartirishni nazarda tutadi.

Jahon miqyosida ayollar daromadi erkaklar daromadining 63 foiziga teng. Yuzdan ziyod mamlakatlarda ayollarning biznes yuritish, kredit olish, shartnoma imzolash va hisob raqamiga egalik qilish imkoniyatlari cheklangan.

Ayollarning ta’lim olishi ham muammolardan xoli emas.

“O’qimishli ayollar oliy ma’lumotga erishishi lozim. Bu yo’lda to’siqlar ko’p”, - deydi Efiopiya Prezidenti Saxleuork Zeude.

Ivanka Tramp tarafidan ilgari surilgan “Ayollarning global taraqqiyoti va kamoloti” tashabbusini uning otasi fevral oyida imzolagan. 2025-yilga qadar dunyo bo’ylab 50 million ayolning iqtisodiy erkinligiga erishish uchun dastlabki 50 million dollar ajratilgan.

Prezident Tramp xalqaro yordamni qisqartirish evaziga harbiy sohaga ko’proq mablag’ ajratishga bir necha bor uringan.

Biroq Tramp ma’muriyati ham AQShning ayollarni global miqyosda qo’llab-quvvatlashga doir uzoq yillik siyosatiga muvofiq ishlayotganini ko’rsatadi.

Bu favqulodda yangilik emas. AQSh siyosatida davomiylik mujassam. Obama davrida ayollarning iqtisodiy erkinligini dastaklaganlar Tramp ma’muriyatining tashabbusini ham qo’llab-quvvatlashi lozim”, - deydi ekspert Deniel Rand.

Efiopiyada Ivanka Tramp ayollarga qarashli bizneslar yoki ularga yordam berayotgan ayollarni qo’llab-quvvatlash uchun 350 million dollarlik sarmoya ajratilishini ma’lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG