Huquq himoyachisi va sobiq siyosiy mahbus A'zam Farmonov Vashingtonda siyosiy va nohukumat doiralarni majburiy mehnat bois O'zbekiston paxtasiga nisbatan yillar oldin e'lon qilingan boykot endilikda xalqqa nisbatan zarar deya ishontirishga urinmoqda.
Farmonov va yana bir taniqli huquq faoli Shuhrat G'aniyev bu hafta Amerika poytaxtida rasmiylar, xalqaro tashkilotlarning vakillari, jumladan "Paxta kampaniyasi" deb atalgan koalitsiya bilan muloqot qildi.
A'zam Farmonov nima uchun bugungi islohotlarga ishonch bilan qaraydi?
Hozirda mamlakatda u singari sobiq mahbuslarning ahvoli qanday?
Suhbatdosh deydiki, islohotlar real va ular sistematik tus olaverishi lozim. Sustlikni jadallashtirish fuqaro faolligi va talabchanligiga bog'liq, deydi Farmonov.
Buxoroda o'z nohukumat tashkilotini yuritadigan Shuhrat G'aniyev fikricha ham boykot to'xtatilishi kerak. Nima uchun? Muammo yo'q bo'ldimi?
Boykotning ta'siri qanchalik va uni bekor qilish O'zbekistonga nima beradi?
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Vashingtondagi qarorgohida kechgan suhbatlarimizni tomosha qiling.
Facebook Forum