Aprel oyida rasman ish boshlagan axborot portali Human.uz jurnalistlari nazarida O'zbekistonda inson huquqlari bilan bog'liq ahvol juda sayoz yoritiladi. Mana shu bo'shliqni to'ldirish - bu jamoaning ezgu maqsadi.
Xo'sh, kadrlar qayerdan keladi?
Azaliy muammo - ichki senzura degan baloni qanday yengish mumkin?
Huquqni yoritish huquqni himoya qilishdir. Haqiqat va adolat haqida bong urmoqchi ekan, Human.uz turli taraflardan keladigan bosimlarga qanchalik tayyor?
Portal kimga tegishli? Daromad nimadan?
"Haqiqatni gapirish, adolat haqida gapirish birinchi navbatda O'zbekiston davlati nufuzini oshiradi", - deydi Human.uz asoschisi va rahbari Xurshid Daliyev.
"O'zbekistonda inson qadr-qimmati yuksak bo'lsin".
Mamlakatda o'ziga xos yangilik qilishga bel bog'lagan tahririyat bilan Toshkentda yuzma-yuz muloqot. Tomosha qiling.
Facebook Forum