"Namanganlik jurnalist, "Ma'rifat saodati" gazetasi muassisi Abdujabbor Umarov fikricha, O'zbekistonga tijoriy matbuot kerak emas. "Media bozori degan narsaga ham qarshiman", - deydi u, "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.
Yoshlar" telekanali jurnalisti Shahnoza Ravshanova nazarida O'zbekistonga OAV xodimlarini kasbiy va ruhan quvvatlaydigan, ularni professional jihatdan birlashtiradigan press klublar kerak.
Suhbatdoshlarimiz ayni damda Amerika bo'ylab safarda. Nyu-York, Vashington va Floridadan vatandagi audirotiya uchun materiallar tayyorlash bilan band.
Har ikki jurnalist - "Vashington choyxonasi" haftalik shoumiz mehmoni.
Ularni AQShga olib kelgan dastur "Media Co-Ops" deb atalib, xorijiy jurnalistlarga Amerikani kezib, bu mamlakatni yoritish imkoniyatini beradi. Programma Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilib, har yili 3-4 jurnalistga qatnashish nasib etadi. Unda ishtirok etmoqchi bo'lganlar elchixonaga murojaat qilishi kerak.
Facebook Forum