Breaking News

Saylovda Trampga kim munosib raqib bo'la oladi?


Demokratlardan kim AQShning 46-prezidenti bo'lishi mumkin?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

AQSh prezidentligiga da’vogar demokratlar soni qisqargan. 12-sentabr kuni Texasning Xyuston shahrida o’tadigan navbatdagi debatda 10 nomzod ishtirok etadi.

Turli so’rovnomalarga ko’ra, sobiq vitse-prezident Jo Bayden demokrat nomzodlar o’rtasida o’tadigan uchinchi debat arafasida ham yetakchilikni saqlab turibdi.

“Biz mamlakatni qayta birlashtirishimiz lozim. Buning uchun Donald Trampni yengish kamlik qiladi. Bu yo’lda Tramp katta to’siq. Lekin odamlarni qayta birlashtirish muhim”, - deydi Bayden.

Bayden debatda ilk bor asosiy raqibi Massachusetts senatori Elizabet Uorren bilan bahslashadi.

Uorren mamlakatda radikal o’zgarishlar qilishga va’da berib, o’z reytingini ko’tarib oldi.

“Vaziyatni bir qonun qabul qilish bilan o’zgartirib bo’lmaydi. Buning uchun yaxlit tizimni tubdan o’zgartirish kerak”, - deydi Uorren.

Shuningdek, bahs maydonida nufuzli da’vogar Vermont senatori Berni Sanders ham ishtirok etadi.

“Biz allaqanday utopiya haqida emas, qadr-qimmatga ega, xavfsiz yashaydigan xalq haqida gapirayapmiz. Bunga faqat birdamlikda erishamiz”, - deydi u.

Shuningdek, debatda Kaliforniya senatori Kamala Harris, Indianadan Souz Bend shahri meri Pit Butejej, Nyu-Jersi senatori Kori Buker, Texasdan sobiq kongressmen Beto O’rurk, Minnesota senatori Emi Klobushar, sobiq uy-joy vaziri Julian Kastro va tadbirkor Endryu Yanglar 46-prezident bo’lish uchun sinovdan o’tadi.

Navbatdagi debatga yetib kelolmaganlar uchun bu jiddiy yo’qotish, deydi Syuzan Peyj.

“Bunday katta bahs maydonida odamlar nazariga tushish va ularning quvvatloviga erishish mushkul. Debatda faol bo’lolmagan nomzod uchun juda qiyin”, - deydi jurnalist Peyj.

Nyu-York senatori Kirsten Jillibrend keyingi bosqichga o’ta olmaganlardan. U zudlik bilan kampaniyasini to’xtatdi.

“Hali vaqting kelmaganini anglay bilish muhim. Vatanga ko’proq nafing tegadigan yo’l tanlash kerak”, - deydi u.

Debatning tobora og’irlashib borayotgan shartlari demokratlarni ayovsizlarcha saralay boshlaydi, deydi tahlilchi Darrell Vest.

“Kuz fasli, ayniqsa, Ayovadagi saralash bosqichi yaqinlashar ekan, nomzodlar doirasi torayib boradi. Ulardan o’ntachasini xalq jiddiy qabul qilishi mumkin”, - deydi u.

Debatning keyingi bosqichiga o’ta olmaganlar orasida Montana gubernatori Stiv Bullok, Gavayidan kongressmen Tulsi Gabbard va tabiat faoli milliarder Tom Steyerlar ham bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG