BMT Bosh assambleyasi yillik yig'ini arafasida AQSh poytaxti Vashington shahrida iqlim o'zgarishiga qarshi ommaviy namoyish bo'lib o'tmoqda. Minglab odamlar marsh qilib, Kapitoliy binosi oldiga yig'ildi. Ular odamlarni va hukumatni iqlim isishiga qarshi chora ko'rishga, muammoga befarq bo'lmaslikka chaqirmoqda.
Ayni harakat dunyoning ko'plab davlatlarida ham davom etmoqda.