BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasi boshlanar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-sentabr kuni jahon organining Nyu-Yorkdagi qarorgohida mukofot bilan taqdirlandi.
Mirziyoyev - yuqumsiz, lekin og’ir, xususan yurak va ko’z xastaliklari hamda saraton singari kasalliklarga qarshi kurash yo’lida “qo’shayotgan ulkan hissasi uchun e'zozlangan birinchi davlat rahbari", deya qayd etmoqda sovrindorlarni tanlagan BMTning maxsus guruhi.
Bir necha agentlikni o’z ichiga olgan guruhga Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti yetakchilik qiladi.
Mukofotni bugun Nyu-Yorkda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qabul qildi.
Sizningcha O’zbekistonda yuqumsiz kasalliklarga qarshi kurash qanday ketmoqda? Mirziyoyev prezidentlikka kelganidan beri vaziyat yaxshilandimi?
Facebook Forum