VASHINGTON-TOSHKENT —
O'zbekistonda 22-dekabrda parlamentga va mahalliy kengashlarga a'zolar uchun ovoz beriladi. Bu safargi saylov haqiqiy demokratik tanlov bo'ladimi? Markaziy saylov komissiyasiga ko'ra, buning uchun harakat avjida. Yangi O'zbekiston, yangi saylovlar, deya eslatadi mutasaddilar. "Amerika Ovozi" Vashingtondan Toshkent bilan bog'lanib, Markaziy saylov komissiyasi raisi o'rinbosari Mahmud Istamov bilan suhbatlashdi.
"Xalqaro Press Klub" bilan hamkorlikda taqdim etilayotgan intervyuda Istamov qator dolzarb masalalar yuzasidan savollarga javob berdi.
- Markaziy saylov komissiyasi degan organ dunyo bo’ylab turli mamlakatlarda saylovlarni tashkillashtirish va natijani hisoblashdek muhim vazifani bajaradi. O’zbekistonda saylov komissiyasiga norozi taraflar va keng omma hukumatning qo’lidagi o’yinchoq sifatida qarab kelgan. O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasi hozirgacha qanchalik isloh qilindi? Nima uchun xalq unga xolis va demokratik organ sifatida qarashi kerak?
- Nomzodlar ro’yxati bilan ishlash jarayonini tushuntirib bering. Siz nimaga aralasha olasiz, nimaga aralashmaysiz va umuman aralashmasligingiz kerak?
- Nomzodlar qanday moliyalanadi? Oliy Majlisga nomzodlar va mahalliy kengashlarga nomzodlar?
- Nomzodlar o’zlarini o’zlari moliyalamoqchi bo’lsa, cheklov bormi? Xususiy moliya jalb etmoqchi bo’lsa-chi?
- O’zbekistonning millionlab fuqarolari chet elda. Ular agar ovoz berishni istasa, qanday imkoniyat bor?
- Elektron tarzda ovoz berish imkoniyati taklif qilinadimi?
- O’zbekistonga saylovlarni kuzatish uchun yuzlab mutaxassislar borishi kutilmoqda. Ular bilan ishlash tartibi qanday bo’ladi? Ular qanchalik erkin kuzata oladi? Sharoit qanday bo’ladi bu borada?
- Bu saylovlardan nima kuta olamiz va nimani kutmaslik kerak?
Javoblar suhbatda:
Facebook Forum