O'zbekistonda 22-dekabrda parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar o'tadi. Markaziy saylov komissiyasi a'zolarining Amerika Ovoziga aytishicha, chet eldagi, xususan AQShdagi fuqarolar ham ovoz berishlari mumkin va bu borada sharoit hozirlanmoqda.
Saylov kuni Vashingtondagi elchixona va Nyu-Yorkdagi konsullik vatandoshlarga ochiq bo'ladi. Lekin AQSh poytaxtidagi konsul Faxriddin Mo'minovning tushuntirishicha, ovoz berishni xohlagan fuqarolar saylov oldidan ro'yxatdan o'tishi kerak. Elektron registratsiya uchun link: http://saylov.mfa.uz/
Bevosita aloqa: consul.washington@mfa.uz, 202 251 8298, Telegram: @ElchixonaUz
Vashingtondagi konsullikka ko'ra, Florida shtatining Orlando va Jorjiya shtatining Atlanta shaharlarida, shuningdek, Kanadaning Toronto shahrida muddatidan avval saylovlar o‘tkaziladi. Ularda qatnashish uchun ham oldindan ro'yxatdan o'tish kerak.
Orlandoda saylov 13-dekabrda
Manzil: 5828 Hazeltine National Drive Orlando, FL 32822 (Springhill Suites Marriott Meeting Room), 8:00 -20:00. Tashkilotchi: Dilmurod, 407 398 3366.
Atlantada saylov 15-dekabrda
Manzil: 3870 Miramont Overlook, Cumming, GA 30040 (Castleberry Heights Club House), 8:00-20:00
Tashkilotchi: Jaloliddin Xo'jayev, 404 993 5703
j.hadjaev@gmail.com
Torontoda saylov 15-dekabrda
Manzil: 1110 Finch Avenue West, Toronto, ON, M3J2T2 (Taj Retaurant), 8:00-20:00
Tashkilotchi: Jovidxon Buzrukov, 416 558 7070
Uzbcorporation@gmail.com
Facebook Forum