Breaking News

Dastlabki natijalar: Ashraf G’ani prezidentlikka qayta saylandi


Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani
Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani

Afg’onistonda 28-sentabr kuni o’tkazilgan prezident saylovi boshlang’ich natijalari e’lon qilindi.

Mustaqil saylov komissiyasi bergan ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi prezident Muhammad Ashraf G’ani 50,64 foiz va bosh vazir Abdulla Abdulla 39,52 foiz ovoz to’plagan. Agar saylov yakuniy natijalarida o’zgarish bo’lmasa, Ashraf G’ani kelasi besh yil hokimiyatda qoladi.

Saylov natijalari e’lon qilinar ekan, Abdulla Abdulla e’lon qilingan natijani tan olmadi. U soxta ovozlar bekor qilinib haqiqiy ovozlarga asoslangan natijalar e’lon qilinishini kutmoqda.

“Barcha kuchimiz bilan xalq bergan ovozni himoya qilamiz”, - dedi u.

Abdulla Abdulla saylov bo’yicha shikoyatlarni tekshirish komissiyasidan masalaga jiddiy yondashib, 300 000 atrofidagi “soxta ovozlar”ni bekor qilishni so’radi.

Prezidentlikka nomzod Rahmatulla Nabil esa mustaqil saylov komissiyasining muayyan nomzod foydasiga ishlayotganini iddao qilmoqda.

U “soxta ovozlar” aralash natijani e’lon qilish demoktariyani “to’ntarish”ga urinish ekanini ta’kidladi.

Saylovda eng ko’p ovoz to’plagan nomzod sifatida ko’rsatilayotgan Ashraf G’ani nomzodlarni mustaqil saylov komissiyasi e’lon qilgan natijalarni tan olishga chaqirdi.

AQShning Kobuldagi elchixonasi va BMTning Kobuldagi vakolatxonasi saylov natijlari e’lon qilinganini kutib olmoqda.

BMTning Afg’oniston uchun maxsus vakili nomzodlardan qonun-qoidalarga rioya qilishni so’rar ekan, mustaqil saylov komissiyasi natijalar haqida xalqqa to’liq ma’lumot berishi kerakligini ta’kdiladi.

Ayni paytda saylov shikoyatlarini tekshirish komissiyasi barcha shikoyatlar jiddiy va xolis ko’rib chiqilishini bildirdi.

Nomzodlar saylov boshlang’ich natijalari e’lon qilinganidan boshlab 48 soat ichida o’z shikoyatlarini saylov shikoyatlarini tekshirish komissiyasiga yozma topshirishlari mumkin. Yakuniy natijalar shikoyatlar ko’rib chiqilgandan keyin e’lon qilinadi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG