Bugungi O'zbekistonda islohot degan so'zni har yerda eshitasiz, lekin har qanday islohot samarasi ko'p jihatdan hokim lavozimida kim o'tirganiga bog'liq. Uning faoliyati va shaxsiyati - milliy ahamiyat kasb etuvchi omillar.
Farg'ona viloyatining uzoq yillik hokimi Shuhrat G'aniyev O'zbekiston matbuotida va ijtimoiy tarmoqlarda so'kag'on, qo'pol, kibrli, qahri qattiq, jahldor va o'jar bir inson sifatida gavdalanadi.
"Amerika Ovozi" respublika bo'ylab hokimlar bilan muloqotni shu insondan, O'zbekistonning ikkinchi eng katta qismini boshqarayotgan siyosatchidan boshladi.
Shuhrat G'aniyev kim? Bir soatdan oshiq muloqotda hokim bilan qator mavzularni muhokama qildik. G'aniyev shu kungacha biror G'arb axborot vositasi bilan gaplashmagan.
Hokim bo'lishidan oldin Amerikaga safar qilgan amaldor okean ortidan qanday taassurotlar va bilim bilan qaytgan?
Hokimlik bugungi O’zbekistonda nimani anglatadi? So’nggi yillarda bu vazifa va uning mohiyati qanchalik o’zgardi?
Islohotlar jarayonida iqtisodiy erkinlik va iqtisodiy taraqqiyot birlamchi masalalar, deydi G’aniyev.
Davlatchilik, siyosat va mafkura haqida G’aniyev kimdan o’rgangan?
“Demokratiya tarafdoriman”, - deydi hokim.
G’aniyev Prezident Mirziyoyevga yaqin, uning azaliy, sodiq safdoshi deyishadi. Bu haqiqatga qanchalik yaqin?
Hokim nima uchun "so’kag’on", "qahri qattiq", "jahldor", "qo’pol" siyosatchi?
So’z qudrati deganda Shuhrat G’aniyev nimani tushunadi?
Mamlakat nufuzini belgilashdi o’zining roli haqida nima deydi?
Quyoshqondan chiqib ketish G’aniyev uchun nima?
Kechirim so’rash-chi?
Oshkoralik, erkinlik, haqqoniylikni hokim qanday talqin qiladi?
G’aniyev ijtimoiy tarmoqlarga jiddiy qaraydimi? OAVgachi?
Hokim uni tanqid qilganlarga nima deydi?
Farg’ona haqida, G’aniyev nazarida, dunyo nimalarni bilmaydi?
Ekstremizm va terrorizm tahdidi Farg'ona vodiysida qanchalik rost?
Hokim O’zbekiston tashqi siyosati va xalqaro aloqalarida qanday rol o’ynab kelmoqda?
Facebook Forum