Mirshod Shakirov Buxoro va Toshkentda katta bo'lgan. Nyu-Yorkda BMT qarorgohida ishlagan. Britaniyada Oksford universitetini tugatgan. Toshkentdagi Westminster universiteti bitiruvchisi. Hozirda Londonda Miora Group kompaniyasini yuritadi, shuningdek, O'zbekistonda MIRANIS to'qimachilik firmasiga ham ega.
Mirshod Britaniya va O'zbekiston orasidagi biznes ko'prik - UZUK savdo uyi asoschisi.
Hozir shu kabi loyihalar AQSh va Kanadada ham yo'lga qo'yilmoqda.
Tadbirkorning bugungi asosiy maqsadi - O'zbekiston mahsulotlari va madaniyatini eksport qilish. Lekin buning uchun qattiq mehnat qilish kerak, sinovlardan o'tish kerak.
Mirshod farzandlari bilan Amerika Ovozi mehmon bo'lib, O'zbekiston potensiali, dolzarb masalalar hamda global maydondagi imkoniyatlar haqida suhbatlashdi.
- Bugun respublikada biznes muhit qanday?
- Qiziqqan ishbilarmonlar va sarmoyadorlar qanday to'siqlar bilan yuzlashadi?
- Mamlakat mahsulotlarining sifati va ishlab chiqarish uslublari xalqaro talablarga qanchalik javob beradi?
- Xorijdan turib, Mirshod Shakirov singari tadbirkorlar vatan bilan bemalol ishlay oladimi? Vatanda biznes yurita oladimi?
- Hunarmandlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish qanday kechmoqda?
- Turli davlatlardagi vatandoshlar va O'zbekistonga qiziqqanlar Mirshod va uning jamoasi bilan qanday bog'lanishi mumkin?
- Miora Group - konsaltingga, biznes maslahatlar berishga ixtisoslashgan biznes. O'zbekistonda bu turdagi kompaniyalarga sharoit qanday?
Muloqotni tomosha qiling.
Facebook Forum