Breaking News

Turkiyaning Izmir shahrida ayollar namoyishga chiqdi

Turkiyaning turli shaharlarida bo‘lgani kabi 8-mart kuni Izmirda ham xotin-qizlar namoyishga chiqdi. “Ayollar ko‘chada” nomli tadbirlar doirasidagi namoyish shaharning Qibris shahidlari ko‘chasida bo‘lib o‘tdi. Unda Izmirdagi turli nodavlat tashkilotlarning vakillari, faol xotin-qizlar qatnashdi.

Namoyishchilar xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilishga, ularga nisbatan nohaqliklarga va maishiy zo‘ravonliklarga chek qo‘yishga chaqirdi.

Namoyichilarning qo‘llaridagi plakatlarda qotillik qurboniga aylangan xotin-qizlardan ayrimlarining ismlari yozilgan.

“Ayollarga nisbatan qotilliklarni to‘xtatamiz platformasi” ma’lumotiga ko‘ra, Turkiyada 2019-yilda 474 nafar ayol o‘ldirilgan, joriy yilning dastlabki ikki oyida esa bu raqam 49 nafarni tashkil etdi.

XS
SM
MD
LG