Breaking News

Saylov-2020: Bayden Sandersni yengishda davom etmoqda


Yana uch shtatda Bayden g'alaba qozondi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:58 0:00

17-mart kuni Florida, Illinoys va Arizona shtatlarida o’tgan Demokratik partiya ichki saylovida sobiq vitse-prezident Jo Bayden raqibi Berni Sanders ustidan ishonchli g’alaba qozondi. Koronavirus tufayli Ogayodagi saylov boshqa kunga qoldirilgan.

Har uch shtatda demokratlarning aksariyati Bayden nomzodini qo’llab-quvvatladi.

“Kampaniyamiz uchun juda yaxshi kecha bo’ldi. Demokratik partiyadan prezidentlik nomzodini qo’lga kiritishga yanada yaqinlashdik. Biz buni noyabrda g’alaba qozonish uchun keng koalitsiya tuzish orqali qilyapmiz”, - dedi Bayden.

Seshanba kungi g’alaba ortidan Baydenda nomzodlik uchun kerakli minimum delegatlar soni 50 foizdan oshdi.

Saylov natijalariga ko’ra, u afro-amerikaliklar, mo’tadil qarashdagilar va keksalar ishonchini qozongan. Sandersdan Bayden tomonga o’tganlar ham bor.

“Juda yaxshi ko’ringan ba’zi narsalar hozirga kelib amalga oshirish mushkul ekani ma’lum bo’ldi”, - deydi saylovchilardan biri.

Koronavirus saylovga tahdid solmoqda. Ogayoda shu munosabat bilan ovoz berish qoldirildi.

“Yaxshi niyat bilan bir odam ovoz berishga kelib, boshqalarga virus yuqtirishi mumkin”, - dedi shtat gubernatori Mayk Devayn.

So’rovlarning ko’rsatishicha, saylovchilar uchun sog’liq muhim masala.

“Pandemiyani hal qilish milliy xavfsizlik masalasi, xuddi urushga o’xshaydi. Bu yetakchilikni, hukumatning har bir darajasida hamkorlikni talab qiladi”, - dedi Jo Bayden.

Ba’zilar Bayden birinchi tanlovlari bo’lmaganini aytadi.

“Avval qilgan ishlari, diplomatligi menga ma’qul. Vitse-prezidentlik davrida ham prezidentlardek ishlagan”, - deydi arizonalik saylovchi.

Virus tarqalayotgani bois boshqa bir qator shtatlarda ham ovoz berish keyinga qoldirildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG