Breaking News

Stoltenberg: Afg'onistondagi missiyamizga sodiqmiz


NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, harbiy alyans Afg’onistondagi askarlari sonini kamaytirish jarayonida, ammo bu ba’zi shartlar asosida amalga oshadi.

Bu haqda u NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi uchrashuvi oldidan gapirdi.

“Tolibon zo’ravonlikni kamaytirishi va AQSh bilan erishilgan kelishuvni hurmat qilishi kerak. Bu ichki afg’on tinchlik muloqoti uchun asos bo’ladi. Biz NATO ishi Afg’onistonda davom etishiga qattiq ishonamiz”, - dedi Stoltenberg.

Unga ko’ra, Afg’onistonda vaziyat murakkabligicha qolmoqda.

“Zo’ravonlik, hukumat ichida ziddiyatlar ko’ryapmiz. Shu bois barcha tomonlar konstruktiv muloqot qilib, tinchlik muloqotida ishtirok etishi, ichki afg’on muzokaralari boshlanishi uchun sharoit yaratishi kerak”, - deya qo’shimcha qildi u.

Stoltenberg Afg’onistonda NATO kuchlari sonini qisqartirish haqida ham gapirdi.

“Afg’onistondagi o’rnimizni kamaytirish jarayonidamiz, lekin mintaqadagi tinchlik va xavfsizlik bo’yicha Afg’oniston missiyasiga sodiq qolamiz. Askarlarning chiqarilishi shartlar asosida bo’ladi”, - dedi u.

NATO bosh kotibiga ko’ra, askarlar sonini 12 mingga tushirish aslida ularni 2017-yilgi darajaga tenglashtirish demakdir. Ayni paytda, dedi u, NATO afg’on askarlarini tayyorgarlikdan o’tkazishda davom etadi.

Stoltenberg Kobuldagi ziddiyatlarni yetakchilarning o’zlari hal qilishi kerak, degan fikrda.

“Biz moliyaviy va harbiy yordamni davom ettiramiz, ammo Kobul yuzlashayotgan siyosiy muammolar afg’onlarning o’zlari tomonidan hal qilinishi kerak”, - dedi u.

Afg’oniston Milliy Xavfsizlik kengashiga ko’ra, 31-mart kuni Kobulda Tolibon va Afg’oniston hukumati o’rtasida ilk yuzma-yuz muloqot bo’lib o’tgan. Uchrashuvda kelgusi muzokaralarga oid texnik masalalar yuzasidan ijobiy siljish kuzatilgan.

Tolibon sobiq rasmiylarining aytishicha, dastlabki bosqichda 100 tolib va afg’on hukumatining 30 mahbusi ozod qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG