Breaking News

Tojikiston va Qirgʻiziston orasidagi bahsli hududlar

Shimoliy Tojikistonning eng sharqiy nuqtalarida Qirgʻiziston bilan chegarani bir ariq belgilaydi – Lakkon arigʻi, boshqa biror bir belgi, alomat mavjud emas. Bu ham shartli ravishda. Ammo baʼzi oʻrinlarda shartli kelishuvga zid boʻlgan holatlar ham mavjud. Masalan, Lakkon arigʻidan quyida, yaʼni Tojikiston ichkarisida boʻlgan koʻhna qabristondan uzoq yillardan beri qirgʻizistonliklar foydalanib keladi. Davlat xaritasida esa, bu mozor Tojikiston hududi sifatida koʻrsatilgan.

Tojikistonning Lakkon va Qirgʻizistonning Choʻng-dala qishloqlari orasidagi ikki davlatning chegara chizigʻini ayni paytda sement ariq, suvsiz kanal yoki qulab borayotgan paxsa devor belgilab turibdi.


Ko'proq...

16x9 Image

Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG