Breaking News

Pandemiya suriyalik qochqinlar hayotini yanada og'irlashtirdi


Turkiyaning Suriya chegarasiga yaqin Shonliurfa shahrida fuqarolar urushidan qochgan 400 mingdan ziyod suriyalik yashaydi. Ular shahar aholisining salkam 20 foizini tashkil etadi.

Turkiya iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan o’tkazayotgan paytda koronavirus pandemiyasiga yo’liqishi ko’plab qochqinlar hayotini yanada og’irlashtirdi.

Shihad Bin Ali Suriyada o’qituvchi bo’lib ishlagan.

“Hammamiz ishsizmiz. Allohdan virus tezroq yo’qolishini so’raymiz. Ahvolimiz juda og’ir. Ko’plarimiz kundalik ish hisobiga kun kechirardik, ammo hozir hammada muammo”, - deydi u.

Qochqinlarga boshqa shaharlarga borib ishlash man qilingan. Aksariyati ruxsatsiz ishlagani uchun ish beruvchisidan hech qanday yordam olmaydi.

Turkiya hukumati o’z fuqarolariga oyiga 140 dollar miqdorida yordam puli bermoqda. Qochqinlar bundan mustasno.

Abdulla Uda Turkiyaga Suriyaning Hims shahridan qochgan.

“Ko’p odamlar karantinda, ish yo’q, yoshlar ko’chaga chiqib ishlab kelardi, ammo hozir uyda o’tirishibdi. Bunday sharoitda odamlar yordamga, oziq-ovqat sotib olish uchun pulga muhtoj”, - deydi u.

Turkiya Qizil yarim oy jamiyati Yevropa Ittifoqi yordamida qochqinlarga har oy 120 lira yoki 17 dollar solingan elektron karta beradi.

“Elektr quvvati uchun 400 lira, suv uchun 150 lira, ijara uchun 1100 lira to’laymiz. Bizga berilayotgan yordam xarajatlarimizni umuman qoplamaydi”, - deydi Jasim ismli suriyalik.

Suriya chegarasi bo’ylab qurilayotgan ko’p qavatli uylar Shonliurfa shahri kengayayotganidan dalolat. Migrantlarning ko’pi bu yerga bir necha yil oldin urushdan qochib, Turkiyada yangi hayot boshlash uchun kelgan, biroq pandemiya ularning taqdirini yana mavhumlashtirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG