Breaking News

COVID-19: Vatanga qaytishning kechikishi nimadan darak?


O’zbekistonda karantin qayta tiklanishi sabablari haqida gapirgan Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijdagi fuqarolar, jumladan, Rossiya-Qozog’izston, Qozog’iston-O’zbekiston chegarasida qolayotgan o’zbekistonliklar ham tizimli ravishda vatanga qaytarilishini bildirdi.

Prezidentning bayonoti ortidan ikki hafta davomida poytaxt yaqinidagi “G’ishtko’prik” chegara zonasida to’planib turgan 4 mingga yaqin o’zbekistonlik vatanga qaytarilgani haqida hisobot e’lon qilindi.

Tashqi ishlar vazirligi, boshqa rasmiy idoralar tarqatgan bu ma’lumotlarda nima sababdan O’zbekiston fuqarolari Toshkent biqinidagi chegara hududida ikki hafta davomida ko’maksiz, himoyasiz, ochiq dalada tunashga majbur qoldirilgani yuzasidan hech narsa deyilmaydi.

4 mingga yaqin fuqaroning shuncha vaqt davomida antisanitariya sharoitida yashashi virus tarqashiga xizmat qilganmi yoki aksincha bu hali aniqlanilishi kutilayotgan masala.

Xuddi shunday sharoitga mahkum, Rossiya-Qozog’iston chegarasida qolayotgan 2 mingdan oshiq o’zbekistonliklar taqdiri esa hozircha noma’lum. Ular bir necha haftadirki O’zbekistonga qaytish ilinjida dashtda tunab qolmoqda.

Koronavirus bilan bog’liq O’zbekistondagi vaziyat mamlakat fuqarolari, asosan mehnat muhojirlari ijtimoiy himoyasi, fuqarolik huquqlari jiddiy toptalayotgani bilan ko’zga tashlandi.

Hozirgacha yuzlab fuqarolar turli davlatlar chegara hududlarida qarovsiz, yupun va chorasiz qolishga mahkum bo’ldi.

Mehnat muhojirligi esa nafaqat O’zbekistonda, balki karantinga tortilgan boshqa davlatlarda ham mavjud. Ularning ayrimlarida mehnat muhojirlari soni O’zbekistondagidan bir qadar ko’p.

Ukrainada mehnat muhojirlari soni 5 million atrofida. Ukraina keskin karantin davrida ham o’z fuqarolari uchun chegarani yopmadi, hozirgacha 2 milliondan oshiq fuqarosini xorijdan mamlakatga qaytardi.

Bu raqamlarni 2 million aholisi mehnat muhojirligida bo’lgan O’zbekistondagi vaziyat bilan solishtirilsa, jiddiy farqlar kuzatiladi.

Qanday qilib urush holatida turgan Ukraina 2 millionga yaqin fuqarolarini xorijdan qaytarishga muvaffaq bo’ldi? Nega milliy yuksalish haqida bayonot qilgan O’zbekiston hukumati vataniga qaytishga chog’langan fuqarolarini turli hududlarda qarovsiz, och- yupun qoldirmoqda?

“Amerika ovozi” bu savollarni bir necha yillardan buyon Ukrainada yashayotgan o’zbek jurnalisti Narzulla Oxunjonov bilan muhokama qildi.

COVID-19: Chegaralarda qolgan vatandoshlar ahvoli qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:59 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG