Breaking News

AQShda 200 dan oshiq universitet hukumat cheklovlariga qarshi


Garvard universiteti, Massachusetts shtati
Garvard universiteti, Massachusetts shtati

AQShning nufuzli Garvard universiteti va Massachusetts Texnologiya Instituti (MIT) xorijiy talabalarga hukumat tomonidan qo'yilayotgan viza cheklovlaridan sudga arz qilar ekan, ularga hozir 200 dan oshiq universitet qo'shilgan.

Ichki xavfsizlik vazirligiga ko'ra, chet ellik talaba agar darsni universitetda emas, to'liq holda onlayn olayotgan bo'lsa, uning Amerikada qolishiga hojat yo'q va shu bois vizalari uzaytirilmaydi. Universitetlar nazarida bu chora ularni ochilishga majbur qilish siyosati - hukumat shu tariqa talaba va o'qituvchilar salomatlini tahdid ostiga qo'yishga zo'rlamoqda.

O'tgan hafta Garvard va MIT hukumatni sudga bergan edi. Boshqa universitetlar ularni olqishlab, bu harakatga qo'shilmoqda, jumladan Stenford va Dyuk singari taniqli oliy ta'lim maskanlari.

"Shuncha ko'p dargohning xorijiy talabalar manfaatlari uchun oyoqqa turishi ilm o'choqlari ularni qadrlashini anglatadi", - deydi Miriam Feldblum, tashabbus yetakchilaridan biri.

10-iyulda Kaliforniya shtati Tramp ma'muriyatini bu cheklov yuzasidan sudga berdi.

Shtatda 185 ming chet ellik talaba bor. Universitetlar ularni boy berishni xohlamaydi.

Amerika universitet va kollejlarida 1 millionda oshiq xorijlik ta'lim oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG