Breaking News

AQSh Xitoyga Xyustondagi konsullik xizmatini yopishni buyurdi


Xitoyning Xyuston shahridagi bosh konsulligi
Xitoyning Xyuston shahridagi bosh konsulligi

AQSh Davlat departamenti Xitoyga 72 soat ichida Xyuston shahridagi konsullik xizmatini yopishni buyurdi. Davlat kotibi Mayk Pompeo ushbu qarorni quyidagicha izohladi:

“Xitoy nafaqat Amerika intellektual mulkini, balki Yevropanikini ham o’g’irlab, Yevropa va Amerika bo’ylab yuz minglab mehnatsevar odamlarni ishdan ayirdi”.

Xalqaro hayot – 23-iyul, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:14 0:00

Unga ko’ra, Xitoy o’g’rilik bilan ko’pdan beri shug’ullanib kelmoqda va bunga javob berish vaqti keldi.

“Prezident Tramp “bas” deb aytgan. Buning davom etishiga yo’l qo’ymaymiz”, - dedi davlat kotibi.

Xitoy zudlik bilan javob berdi.

“Xitoy AQShning bu qarorini keskin qoralaydi va undan qaytishga chaqiradi, aks holda zarur va qonuniy choralar ko’ramiz”, - dedi Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Van Venbin.

Ayrim tahlilchilar bu qaror ketidan diplomatik aloqalar buzilishiga ishonmaydi, biroq Xitoy o’xshash javob chorasi ko’rishiga shubha qilmaydi.

“Yanglishmasam, AQShning Uxandagi konsullik xizmati yopiladi. Biz Pekinga Xyustondagi konsullik idorasini yopishga atigi 72 soat berdik. Xitoy Amerikaga qancha vaqt berarkan?” – deydi “Xeritij” jamg’armasidan Din Chen.

Xitoylik diplomatlarga Xyustonni tark etish ko’rsatmasi ketidan konsullik xizmatiga o’t o’chiruvchilar safarbar etilgan. Ba’zilar konsullik xodimlari maxfiy hujjatlarni yoqqaniga ishora qiladi.

Respublikachi senator Marko Rubioning aytishicha, Xyustondagi konsullik idorasi Xitoyning Amerikadagi keng josuslik tarmog’ining markaziy bo’g’ini bo’lgan.

Demokrat senator Bob Menendes esa Tramp ma’muriyatining bu qarori ortidagi sabablarni yaxshiroq tushunmoqchi ekanini aytdi.

Tramp Xitoy Prezidenti Si Zinpinni o’tmishda do’st deb atagan, biroq koronavirus pandemiyasi va Xitoyning Gonkongdagi so’nggi siyosati ketidan ikki davlat munosabatlari taranglashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG