Breaking News

Janubi-sharqiy Osiyoda AQSh va Xitoy kurashi


Ekspertlarga ko’ra, AQSh hukumati Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash evaziga Xitoyning bu mintaqadagi ta’sirini zaiflashtirishga urinmoqda.

Vashington Pekinga iqtisodiy ko’mak so’rab bot-bot murojaat qiladigan Kambodja, Laos, Myanma, Tailand va Vyetnam bilan aloqalarini yangi o’zanga burmoqda. 11-sentabr kuni imzolangan Mekong-AQSh hamkorlik bitimi doirasida global pandemiyadan tortib qurg’oqchilikka qarshi kurashgacha bo’lgan ko’plab loyihalarga ko’maklashish bilan Vashington mintaqadagi rolini kuchaytirish taraddudida.

Vashington Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari Xitoydan kechib, AQSh bilan hamkorlikni tanlaydi degan fikrda. Ekspertlarning ta’kidlashicha, Xitoy mintaqada infrastrukturalarni qurishda o’z agressiyasiga tayanadi. Mamlakatlarning resurslariga tahdid soladi. Davlatlarni qarzga botirib, o’ziga qaram qilib oladi.

Yirik raqiblarga aylangan Xitoy va AQSh dunyo bo’ylab kichik mamlakatlarning quvvatloviga erishish uchun kurashmoqda. Pekin o’zining iqtisodiy va harbiy ta’sir doirasini kengaytirishga intilar ekan, Vashington ham o’z pozitsiyasini kuchaytirmoqda. Janubi-sharqiy Osiyoda Xitoy tahdidiga qarshi kurashda AQSh Vyetnamni qo’llab-quvvatlaydi. Xususan, bu ikki Osiyo mamlakatining manfaatlari to’qnashgan Janubiy Xitoy dengizi sarhadlarida Vashington Vyetnam tarafida.

“Mekong dengiz hududida Xitoy muhim ustunlikka erishgan. AQSh-Mekong doirasidagi hamkorlik shuning uchun ham ahamiyatli. Mintaqada AQSh va Xitoy raqobati kuchayar ekan, Mekong hududida sarhadlarni aniq belgilab olish muhim”, - deydi ekspert Aleksandr Vuving.

Yangi bitim 11 yil avval tuzilib, AQSh tomonidan ham qo’llab-quvvatlangan Quyi Mekong tashabbusi o’rnini egallamoqda. Mekong-AQSh hamkorlik bitimida tomonlar shaffoflikni ta’minlash, davlatlarning suverenitetini hurmat qilish, ichki ishlarga aralashmaslik, qonun ustuvorligi va xalqaro huquq normalariga amal qilishga kelishib olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG