Breaking News

Amerikaliklar prezident, Kongress a'zolari va mahalliy hokimiyatlarni saylamoqda


Birinchi saylov uchastkasi Nyu-Gempshir shtatida ochildi. Shtatning Kanada bilan chegaradosh Diksvil-Notch rayonida atigi 11 kishi yashaydi. Shulardan 5 nafari ovoz berish huquqiga ega. Barchasi bugun saylovga chiqib, uch daqiqada Baydenga ishonch bildirdi.

Xalqaro hayot – 3-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:05 0:00

Odatda saylov uchastkalari AQShda soat 7 da ochiladi, biroq chekka joylarda yarim tundan boshlab ovoz bersa bo’ladi. Diksvil-Notch saylovchilari so’nggi 60 yildan beri ana shunday imkoniyatga ega. Uch daqiqalik ovoz berishdan so’ng saylov uchastkasi yopildi.

Tramp va uning raqibi Jo Bayden saylovoldi tashviqotining so’nggi kunida bir necha muhim shtatlarda bo’lib, saylovchilarini ruhlantirishga harakat qildi.

“Oyoqqa turib, demokratiyamizni tiklash vaqti keldi. Buning uddasidan chiqa olamiz”, - dedi Pensilvaniya va Ogayoda bo’lgan Bayden.

So’nggi so’rovlarga ko’ra, sobiq vitse-prezident Pensilvaniyada Trampdan 4 foiz oldinda ketmoqda. Aytish joiz, 4 yil oldin ham Tramp so’rovlarda orqada edi, ammo saylov kuni bu shtatda g’alabani ilib ketgan.

Prezident dushanba kuni Floridada bo’ldi. Ijtimoiy so’rovlar ikkala nomzodning bu shtatda imkoniyatlari teng ekanini ko’rsatmoqda. Tramp Pensilvaniya, Shimoliy Karolina, Viskonsin va Michiganga ham bordi. 2016-yil saylovlarida u bu shtatalarda g’alaba qozongan bo’lsa-da, so’nggi so’rovlarda Bayden bu shtatlarda kichik ustunlikka egaligini yoki imkoniyatlarning tengligini ko’rsa bo’ladi.

Bayden o’z chiqishlarida Trampning koronavirusga qarshi siyosatini tanqid qildi.

“Donald Tramp oq bayroq ko’tarib, bu virusga yengilganini tan oldi. Ma’muriyatining rahbari o’tgan hafta shunday dedi – “virusga yengildik” dedi”, - dedi Bayden.

Tramp COVID dan oldingi iqtisodiy yutuqlarini saylovchilarga eslatarkan, Bayden siyosati soliqlar va ishsizlikning oshishiga olib kelishini aytdi.

“Soliqlar 4 trillion dollarga oshadi, nazorat, qoidalarni kuchaytiradi, korxonalarni yopib, ish o’rinlarini xorijga berib yuboradi”, - dedi Tramp.

Bayden Delaverda yashaydi. Mahalliy demokratlar unga ona shtatida g’alaba qozonishga yordam berishga ancha harakat qildi.

"Uyma-uy yurib, erta ovoz berish imkoniyatidan foydalanmagan odamlarni saylovga da’vat etdik”, - deydi Delaverdan Kongressga saylangan qonunchi Liza Blant Rochester.

Saylov kunigacha salkam 99 million odam ovoz berib bo’ldi. 2016-yilda jami taxminan 139 million odam saylovda qatnashgan edi. Asosan demokratlar erta ovoz bergani aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG