Breaking News

Bayden jahon sahnasida Amerika liderligini tiklamoqchi


AQShda prezident saylovlarida g’olib deb topilgan Jo Bayden 20-yanvarda bo’ladigan qasamyod marosimidan oldin bo’lajak ma’muriyatini kadrlar bilan to’ldirmoqda.

Xalqaro hayot – 25-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:38 0:00

“Amerika dunyo sahnasiga qaytganini, yana yetakchilik qilishga tayyor ekanini ifoda etuvchi jamoa bu. Dunyoda chekinish yo’q endi”, - dedi Bayden.

Bo’lajak rahbar Davlat departamenti va sobiq prezident Barak Obama ma’muriyatida ishlagan ikki safdoshini o’z jamoasiga yollamoqda. Entoni Blinken davlat kotibi, Linda Tomas-Grinfild esa BMTda elchi bo’lishi uchun Senat ularning nomzodini tasdiqlashi kerak.

"Amerika qaytdi, ko’p qirrali siyosat qaytdi, diplomatiya qaytdi”, - dedi Tomas-Grinfild.

Tahlilchilar Baydenning tashqi siyosatda tarixiy ittifoqlar va ko’p qirrali siyosatga tayanishini Trampning “Amerika birinchi” doktrinasidan chekinish deb ko’rmoqda.

“Bayden amerikaliklar va dunyo rahbarlarining AQSh hukumatiga ishonchini tiklamoqchi. Diktator va zolimlardan tashqari barcha rahbarlar hozirgi ma’muriyat bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelgan va Bayden e’lon qilayotgan siyosat ular uchun muhimdir”, - deydi Vashingtondagi Brukings instituti tahlil markazidan Jon Xudak.

Bayden kadrlar tanlashda xilma-xillikka e’tibor qaratmoqda. Senat tasdig’idan o’tgan taqdirda Avril Xeyns milliy razvedka idorasi, Janet Yellen esa moliya vazirligiga rahbar bo’lgan ilk ayol bo’lishadi. Yana bir ayol Alexandro Mayorkas esa Ichki xavfsizlik vazirligi tepasiga kelgan ilk latino bo’ladi.

43 yashar Jeyk Sullivan eng yosh milliy xavfsizlik maslahatchisi bo’lishi mumkin. Iqlim bo’yicha Parij bitimi muzokaralarida faol bo’lgan sobiq davlat kotibi Jon Kerri Baydenga iqlim o’zgarishiga qarshi kurash siyosatida yordam beradi. Tramp bitimdan chiqqan, Bayden prezidentligining birinchi kunidanoq unga qayta qo’shilmoqchi.

“Iqlim o’zgarishiga qarshi kurashishga bergan so’zimning ustidan chiqish oson bo’lmasligini yaxshi bilaman. Biroq ahdim qat’iy ekaniga zarracha ham shubha bo’lmasligi kerak”, - dedi Bayden.

Federal idoralar boshqaruvni topshirish jarayonini rasman boshlashi haqidagi xabar ketidan mavhumlik pardasi tushib, AQSh aksiyalar bozori rekord darajaga ko’tarildi.

Bayden saylovda g’alaba qozonsa, aksiyalar keskin qadrsizlanadi deya bashorat qilgan Tramp moliya bozorining yuksalishida o’z hissasi borligini aytdi.

Bir necha shtatda ovozlar qayta hisoblanganidan keyin ham saylov natijasi o’zgarishsiz qolganiga qaramay, Tramp mag’lubiyatini tan olmayapti. Davlat rahbari amerikaliklarni payshanba kungi Shukronalik kuni bilan tabrikladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG