Breaking News

AQShda koronavirusdan emlash sust ketmoqda


AQShda dekabr oxirigacha 20 million odamni koronavirusga qarshi emlash rejasi amalga oshmadi. Shu kungacha bu mamlakatda 350 mingdan ziyod odam COVID-19 qurboni bo’ldi.

Xalqaro hayot – 4-yanvar, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:16 0:00

Prezident Donald Trampning aytishicha, AQShda koronavirus bilan bog’liq raqamlar bo’rttirilgan. Mamlakat bosh infeksionisti Entoni Fauchi bu gapga qo’shilmaydi.

“O’limlar haqiqiy. Buni bilish uchun kasalxonalarga borish, tibbiy xizmatchilar bilan gaplashish kifoya. Ular hozir juda og’ir vaziyatda”, - deydi mutaxassis.

31-dekabrga qadar AQShda 2,8 million odam emlandi, xolos. Hukumat 20 million kishiga vaksina berishni ko’zlagan edi. Vaksinalar ta’minotidagi xato hisoblar hamda federal, shtat va mahalliy hukumatlar orasida muvofiqlashuvning yoq’ligi ishni sekinlashtirgani aytilmoqda.

“Federal va shtat hukumatlari o’rtasida haqiqiy aloqa, hamkorlik bo’lishi kerak. Yangi yilda aynan shunday bo’lishiga harakat qilamiz”, - deydi Fauchi.

Prezident Trampga ko’ra, federal hukumat vaksinalarni tarqatib bo’lgan, ammo shtatlar emlash dasturini amalga oshirishda imillamoqda.

Bu o’rtada koronavirusga qarshi vaksinalardan birini yaratgan “AstraZeneka” kompaniyasi Janubiy Koreya hukumatidan vaksinasiga ruxsat berishni so’ragan va Seul hozir kompaniya arizasini ko’rib chiqmoqda. So’nggi 4 kunda bu mamlakatda virus yuqtirish hollari kuniga 1000 kishidan oshishi ketidan hukumat odamlarga 4 tadan ortiq to’planmaslikni buyurgan.

“AstraZeneka” kompaniyasi vaksinani Oksford universiteti bilan birga yaratgan. Janubiy Koreya uni 40 kunda ma’qullashi kutilmoqda. Dekabr oyida Janubiy Koreya 20 million dozaga shartnoma imzolagan.

Seul “Pfayzer”, “Moderna”, “Yanssen” kompaniyalari hamda Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining “KOVAKS” global tashabbusi bilan ham kelishgan.

Janubiy Koreyada koronavirusga qarshi emlash fevral oyida tibbiy xizmatchilar va virusga oson chalinadigan odamlardan boshlanishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG