Breaking News

Pompeo: Eron "Al-Qoida"ga boshpana bermoqda


AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, Eron “Al-Qoida” terror guruhi bilan maxfiy aloqa o’rnatgan. O’z faoliyati davomida tinimsiz Eronni nishonga olib kelgan Pompeo davlat kotibi vazifasidagi so’nggi kunlarida ham Tehronga nisbatan yangi ayblovlarni e’lon qildi.

“Endi “Al-Qoida”ning yangi boshpanasi bor. Bu Eron Islom respublikasi”, - dedi Pompeo.

Davlat kotibining aytishicha, “Al-Qoida” Eron rejimi himoyasi ostida faoliyat yuritmoqda. Eron 2001-yil 11-sentabrda AQShga xuruj qilgan terror guruhiga joy beruvchi yangi Afg’onistonga aylandi, deydi AQSh yetakchi diplomati.

Ekspertlar fikricha, Eron va “Al-Qoida” aloqalariga oid gap yangilik emas. Ammo terrorchi guruhning ba’zi yetakchilari uzoq yillar Eronda jon saqlagan bo’lsa-da, bu mamlakatni guruhning asosiy markazi deyish to’g’ri emas, deydi ular.

“Eronni “Al-Qoida”ning asosiy bazasi deyish sal bo’rttirish bo’ladi. Uzoq yillardan beri ular yetakchilarini har xil joylarga jo’natganini bilamiz. Demak, ular bir emas, bir necha mamlakatda joylashgan”, - deydi tadqiqotchi Tomas Joselin.

Pompeoning so’nggi kunlarda bunday bayonot bilan chiqishi Bayden ma’muriyatining Eronga nisbatan siyosatiga ta’sir o’tkazish vositasi bo’lishi mumkin, deb hisoblayotganlar ham bor.

“Davlat kotibi Pompeo, menimcha, Bayden ma’muriyati Eron bilan yadro kelishuviga qaytmasligi uchun to’siqlar yaratishga urinmoqda. U so’nggi to’rt yil davomida yadro bitimini o’ldirishga har qancha harakat qilmasin, bundan naf chiqmaydi. Chunki bu kelishuvdan yaxshiroq boshqa muboqil yo’l yo’q”, - deydi Inqiroz guruhi eksperti Ali Voiz.

Prezident etib saylangan Jo Bayden, agar Tehron yadro dasturi bo’yicha bergan va’dalarini bajarishga qaytsa, AQSh va Eron o’rtasidagi yadro bitimini qayta tiklashini aytgan.

Xalqaro hayot - 14-yanvar, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:18 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG