Breaking News

Nyu-Yorkda o’zbek o’quvchilari Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonladi


Alisher Navoi
Alisher Navoi

Nyu-Yorkda o’zbekistonlik vatandoshlar Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini she'rxonlik va onlayn tadbirlar bilan nishonladilar.

Tadbirlardan birini Bruklin tumanidagi “Midwood” o’rta maktab o’quvchisi Mohinur Abdullayeva sinfdoshlari bilan birga tashkil qildi.

O’zbekistonlik Mohinur Abdullayeva Bruklinda yashaydi. O’rta maktabning yuqori sinfida o’qiydi. U o’zi tahsil olayotgan maktabda “Cultural Diversity Club” madaniy xilma-xillik klubini boshqaradi. Ikki yildirki, mazkur klub faoliyati doirasida u O’zbekiston tarixi va madaniyatini Amerikadagi tengdoshlari orasida targ’ib qilib keladi.

Bruklinda Navoiy tavalludining 580 yilligi nishonlandi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:06 0:00

Pandemiya sabab klub a’zolari bu yilgi dasturini maktab sahnasida namoyish qilolmadi. Shunday bo’lsada, Mohinur Abdullayeva uni tasvirga olib tengdoshlari bilan bo’lishishga qaror qildi.

Mohinur Abdullayevaning tashabbusini O’zbekistonning Nyu-Yorkdagi konsulligi ham quvvatlab keladi.

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “Mahalla USA” tashkiloti esa “ZiyoArt” o’quvchilari orasida g’azalxonlik darslari o’tkazdi.

Markazi o’quvchilari orasida Navoiy g’azallarini eng ifodali o’qigan o’quvchilarning videosini e’lon qildi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG