Breaking News

Nyu-Yorkda Navro'z bayrami nishonlandi


Nyu-Yorkda istiqomat qilayotgan o’zbekistonliklar Navro'z bayramini nishonladi. Tadbirni “Mahalla USA” tashkiloti va uning negizida faoliyat boshlagan “ZiyoArt” o’quv markazi tashkillashtirdi.

Anjumanga ota-ona va AQShda o’zbekistonliklar ochgan turli biznes tashkilotlari homiylik qildi.

Bayram tadbirida bolakaylar doshqozonda haqiqiy sumalak kovlashdi. Navro’zda tayyorlanadigan sumalak tarixini esa ularga ana shu bahoriy taomni pishirgan, o’zbekistonliklar jamiyati faoli Sanobar Boboxonova aytib berdi. Ana shu kabi tadbirlar bu bolajonlar uchun milliy qadriyatlarni unutmasliklari, bilmaganlarini esa o’rganishlari uchun yaxshi imkoniyatdir. Ular Nyu-Yorkda yashayotgan o’zbekistonlik-amerikaliklarning farzandlari.

Bruklinda Navro'z bayrami nishonlandi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:12 0:00

Tadbirning bosh qahramonlari – bolajonlar sahnaga chiqib she’rxonlik qildi, milliy folkloru raqslarni maroq bilan ijro etdi. Rassomchilik, shaxmat bo’yicha iste’dodini namoyon qildi.

Bruklinda nishonlangan “Navruz-2021” yetti yashar samarqandlik Muhammadjon uchun bir umrda esda qoladigan bo’ldi. Ustozi - O’zbekiston xalq artisti Ezro Malakov uni ilk bor sahnaga olib chiqdi.

Ota-onalar “Ziyo-Art” o’quv markazi farzandlarini milliy ruhda voyaga yetkazishda ko’makchi bo’layotganidan mamnun.

Bayram tadbiriga Bruklin tumani ma’muriyati vakili, O’zbekiston elchisi, konsul va diplomatlari, Qo’shma Shtatlarda turli sohalarda muvaffaqiyat qozongan vatandoshlar, o’zbekistonliklarning boshqa shtatlardagi tashkilotlari liderlari ham tashrif buyurdi.

Nyu-Yorkdagi o’zbekistonliklar jamiyatining xushovoz xonandalari ijrosidagi kuy-qo’shiqlar ham tadbirga o’zgacha fayz bag’ishladi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG