Breaking News

Yevropa Ittifoqining COVID pasporti turizmni jonlantira oladimi?


Barselona shahrida uysiz
Barselona shahrida uysiz

Yevropa Komissiyasining Yevropa Ittifoqi hududida salomatlik pasportini joriy etish taklifi pandemiya paytida Yevropa janubida turizmni jonlantirishga yordam berishi mumkin. Biroq emlash dasturi sust kechayotgan va infeksiyaga uchrash sur’ati oshayotgan bir paytda vaziyatni yaxshilash oson bo’lmasligi aytilmoqda.

Xalqaro hayot – 26-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:26 0:00

Ispaniyaning Barselona shahri pandemiyadan oldin sayyohlarga boy bo’lgan, hozir esa ancha huvillab qolgan. 2019-yilda shaharni 12 million sayyoh ziyorat qilgan edi, shahar markazidan velosipedda yurib bo’lmasdi, endi esa joy ancha bemalol, biroq barselonaliklar bundan xursand emas.

“Xorijliklarning bo’lgani yaxshi edi, hozir esa qashshoqlik hukm surmoqda. Sayyohlar boradigan do’konlar yopilib ketdi”, - deydi Antonio Valero ismli shaharlik.

Boshqalar tarixiy maskanlarda meditatsiya qilmoqda. Bir guruhga a’zo bo’lgan odamlar karantin paytida internet orqali tanishib, ko’chada birgalikda yoga bilan shug’ullanmoqda.

Biroq Barselonaning La Rambla kabi turistik maskanida ma’yus kayfiyat hukm surmoqda – mehmonxonalar va do’konlar yopiq.

“Barselonaning eski rayonida yashovchi ko’p odamlar bevosita yoki bilvosita sayyohlik sohasida ishlaydi. Ularning ishi yurishishi uchun hayot shaharda qaynashi kerak”, - deydi yana bir barselonalik Fermin Villa.

Pandemiyadan oldin Ispaniya dunyoda sayyohlar eng ko’p ziyorat qilgan mamlakatlar orasida ikkinchi o’rinda edi. Fransiya birinchi, AQSh uchinchi o’rinda bo’lgan. Turizm Ispaniya yalpi ichki mahsulotining 12 foizini tashkil etadi.

Yevropa Komissiyasining COVID pasportini joriy etish taklifining vaziyatni o’nglashiga umid kam.

“Pasport” so’zi menga yoqmaydi. Biz Shengen zonasidamiz va Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar o’rtasida bordi-keldi mana shu qoida doirasida amalga oshiriladi. Biz shunchaki bordi-keldini imkon qadar tez jonlantirmoqchimiz. Ayrim sohalar, masalan, turizm sektori uchun bu juda muhim”, - deydi Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches.

Britaniya fuqarolari Ispaniyaga sayohat qiluvchi xorijliklarning katta qismini tashkil etadi. Biroq Yevropa Ittifoqi undan chiqqan Britaniyaning COVID pasportlarini qabul qilishi hozircha aniq emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG