Breaking News

Bayden infrastrukturani tiklash rejasini e'lon qiladi


Prezident Jo Bayden ma’muriyati AQShning iqtisodiy raqobatbardoshligini mustahkamlash payida.

Oq uy rahbari infrastrukturani yaxshilash uchun Kongressdan 3 trillion dollar so'ramoqchi. Amerika yo'llari, ko'rpiklari va boshqa strategik inshootlari ta'mirga muhtoj, deydi u.

Bayden kelasi hafta Pensilvaniya shtatida bo’lib o’tadigan tadbirda infrastrukturani takomillashtirishga doir rejani e’lon qiladi. Prezidentning bu qarori saylovoldi kampaniyasida mamlakatning pandemiya tufayli zaiflagan iqtisodini qayta tiklash bo’yicha bergan va’dalarini bajarishga qaratilgan.

Prezidentning ta’kidlashicha, reja qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish bilan ishsizlik muammosini ham hal etishga xizmat qiladi.

25-mart kuni o’zining ilk rasmiy matbuot anjumanida so’zlar ekan, Bayden mamlakat infrastrukturasining ayanchli ahvolga kelishiga befarq qarab kelinganini tanqid qildi.

Prezidentning tushuntirishicha, AQSh Xitoy va global maydondagi boshqa iqtisodiy raqiblaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda.

“Ham obyektlar, ham texnologik infrastrukturani qayta qurish bilan mamlakatning raqbotbardoshligi yuksaladi. Ko’plab yuqori daromadli ish o’rinlari yaratiladi”, - dedi Bayden.

Qiymati 1,9 trillion dollarga teng iqtisodiy yordam paketini demokratlar respublikachilarning quvvatlovisiz ilgari surdi. Biroq infrastrukuraga oid masala har ikki partiya uchun ham muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, Baydenning yangi tashabbusini qancha respublikachi dastaklashiga doir qiziqish ortmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG