Breaking News

Suriyaning "Al-Hol" lageri - radikalizm o'chog'i


Al-Hol aholisi
Al-Hol aholisi

Yaqinda Suriyada bo’lib qaytgan britaniyalik jurnalistlarga ko’ra, mamlakat shimolida “Islomiy davlat” to’dasi jangarilarining oila a’zolari saqlanayotgan al-Hol lagerida bolalar va o’smirlar radikal g’oyalarga berilmoqda.

Xalqaro hayot – 2-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:34 0:00

Kurdlar Hasaka viloyatida qo’riqlovchi ushbu lager aholisi o’z qoidalariga ko’ra yashaydi. Britan muxbirlarining aytishicha, al-Holda “Islomiy davlat”ni qoralagan odamlar o’ldirilishi mumkin.

Mona ismli 17 yashar yosh juvonning aytishicha, u jangari to’daga xayrixohlik bildirgan onasi ustidan mahalliy rasmiylarga arz qilganida unga to’rt marotaba o’q uzishgan. Mona 11 yoshida 24 yashar jangariga majburan turmushga chiqarilganini, 3 oy yashab beva qolganini aytadi.

“Al-Hol” lagerida, asosan, jangarilarning rafiqalari, bevalari, bolalari va boshqa oila a’zolari saqlanadi. 62 ming aholining 80 foizidan ko’pini ayollar va bolalar tashkil etadi. Aksariyati iroqlik va suriyalik, 10 mingga yaqini 57 mamlakat fuqarosi.

Lagerdagilarning ko’pi “Islomiy davlat” mafkurasidan voz kechmagan va tartiblar ham shunga mos, sha’riy qonunlar joriy etilgan.

Kurd harbiy qo’mondonligi vakili Kino Gabrielning “Sky News” kanali muxbiriga aytishicha, ayollar bolalar va o’smirlarga Daesh g’oyalarini singdirmoqda.

“Ularning tarbiyasi bilan hozirdan shug’ullanmasak, jihodchilarning yangi avlodi bilan yuzlashamiz”, - deydi u.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti mamlakatlarni al-Holdagi fuqarolarini qabul qilishga chaqirib keladi, aks holda ularning radikallashishi haqida ogohlantiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG