Bugun Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod bilan muloqot qildi.
Ularning ta'kidlashicha, Afg'onistonda harbiy kuch bilan tinchlikka erishib bo'lmaydi va yagona yo'l - tinchlik muzokaralari va murosa.
Halilzod va Komilovga ko'ra, O'zbekiston va Amerika Afg'onistonda barqarorlikka erishish, bu mamlakatni rivojlantirish, uni Markaziy Osiyodagi integratsion jarayonlarga qo'shish yo'lida birga ishlaydi.
AQSh diplomati Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy va Afg'onistonga nisbatan tashabbuslarini yuqori baholashini aytgan.
Har ikki tomonning eslatishicha, O‘zbekiston va AQSh Afg‘onistondagi siyosiy taraflarning til topisha olishi uchun, shuningdek, mintaqaviy savdoni kengaytirish, nfratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ham hamkor qiladi.
1-maydan boshlab AQShning Afg'onistondagi qo'shinlari va NATO kuchlari chiqa boshladi. Bayden ma'muriyatiga ko'ra, bu davlatga biror sohadad yordam to'xtamaydi.
Facebook Forum