Florida shtatining Orlando shahrida joylashgan Imom Al-Buxoriy islom markazi Amerikada o’zbeklar ko’p qatnaydigan va ma’ruzalar o’zbek tilida olib boriladigan ilk diniy maskandir.
Ilyosxon Toshxo’jayev 2018-yilda ochilgan markazga imomlik qiladi.
“Amerika Ovozi” bilan suhbatda 32 yashar diniy arbob markaz faoliyati, diniy ta’lim, bolalar tarbiyasi, o’zbek jamoasi bilan muloqot haqida ma’lumot berdi.
Islom markazi nodavlat va notijoriy muassasa bo’lgani uchun u saxovatpesha homiylar va faol ulamo hisobiga faoliyat yuritadi. Orlandodagi o’zbek tadbirkorlari markazni otaliqqa olgan, o’g’il bolalar madrasasi uchun sharoit yaratgan.
Ilyosxon Toshxo’jayev Amerikada turli muhitda voyaga yetayotgan bolalar bilan ishlash oson emasligini tan oladi.
Koronavirus pandemiyasi davrida maktablar onlayn tartibga o’tishi bilan turli shtatlarda yashovchi ayrim o’zbek ota-onalar farzandlarini madrasaga berishga qaror qildi.
Bolalar madrasa va ustozlariga ijobiy baho berdi.
Markaz nafaqat bolalar, balki kattalar hayotida ham ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi.
Ilyosxon Toshxo’jayev suhbat davomida diniy markazlarning milliy markazlardan ustunligiga urg’u berdi.
Ramazon oyi Al-Buxoriy markazida ayniqsa voqealarga boy bo’ldi. An’anaviy taroveh namozlari va iftordan tashqari, imom tilga olgan xayriya kechasidan tashqari Ramazon oyida markazga Muhammad payg’ambarning soqoli keltirildi. Bu yerda Qur’on kechasi tashkil etilib, qorilar qiroati bilan ulamoni sehrladi.
Ramazon hayitiga boshqa shtatlardan ham o’zbeklar buyurishdi. Bayram, ayniqsa bolalar xotirasida muhrlanib qolishi aniq. Bayramona dasturxon, shirinliklar, konvertga solib tarqatilgan hayitlik, o’yingohlar, oqshomdagi mushakbozlik…
Al-Buxoriy islom markazi nafaqat bolalar, balki ota-onalar tarbiyasiga ham jiddiy e’tibor beradi.
Markaz maslahatga muhtojlarga nasihat qilibgina qolmay, amaliy ko’mak ham beradi.
Ilyosxon Toshxo’jayev yosh bo’lishiga qaramay, g’ayrat va shijoatga to’la, madrasa toliblariga ham ota, ham ona o’rnida. O’z oilasiga ham g’amx’or. Ilyosxon masjidga bomdod vaqtiga keladi, uyga huftondan so’ng boradi.
Al-Buxoriy islom markazi o’zbekistonlik din peshvolari bilan aloqada bo’lishga harakat qiladi.
Facebook Forum