Afg’niston shimolida davom etayotgan janglar natijasida ko’plab siyosiy guruhlar o’z odamlarini qorul-aslaha bilan ta’minlab hududlarni himoya qilishga bel bog’lagan.
Juzjon viloyatining viloyat kengashi raisi va “Yangi Junbish” partiyasi a’zosi Bobur Ishchi yetakchiligida qariyb 150 nafar kishi qurollanib, Xo’jadukka tumani atrofida joylashtirilgan.
“Xo’jadukka tumani tranzit hududda joylashgan. Oqcha tumani yoki Andhuydan toliblar keladi degan ovozalar yangramoqda. Harbiylarimiz tayyor turibdi. Toliblar osonlikcha Xo’jadukkaga kira olmaydi”,- deydi Babur Ishchi.
Ko’plab nuqtalar hech qanday qarshilisiz toliblarga taslim berilgan. Mahaliy oqsoqollar vositachilik qilgani aytiladi. Jamoatchi arbob bunday voqealarni tasdiqlaydi.
“Oldin ham jang bo’lardi, birta harbiy postni saqlab qolish uchun uch-to’rt kun jang bo’lardi. Lekin hozir 400-500 odam hech qanday qarshiliksiz tumanlarni tark etmoqda, albatta qaysi bir gap bordir”,- deydi Ischi.
Siyosiy faollar Tolibon ishi ga’yri diniy va g’ayr insoniy ekaniga urgu beradi.
“Biz jumhuriyat tuzumini qo’llab-quvvatlaymiz. Ko’rib o’tiribmizki, yaxsh otlar bilan kelganlarning amali boshqacha. Maktablarni vayron qilish, ko’prik va yo’llarni buzish, masjidlarni portlatish va din olimlarini o’ldirish hech bir dinda joiz emas, ayniqsa islom dinida”,- deydi Abdulhay Hayot.
“Milliy Junbish” partiyasi a’zosi mavlaviy Abdulhay Hayot markaziy hukumatning siyosiy yondashuvini tanqid qiladi.
“Markaziy hukumat barcha viloyatlarga ota-ona ko’zi bilan qarashi kerak. Juzjonda qurollangan odamlar to’rt oydan beri jang qiladi. Lekin markazdan hech qanday yordam kelmagan. Buning sababini siyosiy tortishuvlarda deb o’ylayman. Hozir siyosiy ziddiyatlarni chetga surib yovga qarshi kurashish vaqti”,- deydi “Milliy Junbish” partiyasining Juzjon viloyatidagi sho’rasi raisi Abdulhay Hayot.
“Afg’oniston jiddiy bir vaziyatga duch kelgan. Mas’uliaytni bir-birimizga tashlashimiz kerak emas. Qo’lni bir qilib, bor imkondan foydalanish lozim. Davlat ham yordam va maslahat berib turibdi, lekin davlat nima beradi ekan deb qarab turish kerak emas. Davlat berayotgan yordam yetarli ham emas. Shu yaqinda biz ko’p sonda qurol-aslaha sotib olganmiz, tilab olganmiz. Vaqt juda oz. Urush bo’lishi mumkin degan o’y bilan qurol olib qo’yganimiz ham yo’q edi”,- deydi Bobur Ishchi.
Oldinlar jiddiy raqiblar hisoblangan siyosiy guruhlar toliblarga qarshi birlashmoqda.
“Barcha siyosiy guruhlar birga harakat qilmoqda. “Milliy Junbish” va “Yangi Junbish” partiyalari o’rtasida nima qarshiliklar borligini bilar edingiz. Lekin “Yangi Junbish” partiyasi a’zolaridan 150-200 nafar qurol ko’tarib jangning bir tomonini tutib turibdi. Biz buni kutib olamoz, vatansevar shaxslar albattaki shunday qilishlari kerak”,- deydi Abdulhay Hayot.
Hukumat hatbiylarini qo’llab-quvvatlayotgan qurollangan shaxslar shimoliy viloyatlarda toliblarga qarshi jiddiy jang qilmoqda.
“Yoshim 42 da. 18 yoshimdan beri qurol ko’taryapman. Bugun o’z hududimizni himoya qilish uchun tayyor turibmiz. Issiq-sovuq demayapmiz”,- deydi Jannatgul ismli harbiy.
Askariyat tumanlar toliblar qo’lida, jang viloyatlar markazlariga yaqinlashgan. Hukumat toliblarni yengib, boy berilgan hududlar qaytariladi, deya bong urmoqda.
Facebook Forum