Breaking News

Afg’oniston o’zbeklarining jihod va hokimiyatdagi o’rni


Tolibon guruhi o’z hukumatini e’lon qilar ekan, tayinlangan 33 rasmiyning atigi bir nafari o’zbek – juzjonlik Mavlaviy Abdul Salom Hanafiydir.
Tolibon guruhi o’z hukumatini e’lon qilar ekan, tayinlangan 33 rasmiyning atigi bir nafari o’zbek – juzjonlik Mavlaviy Abdul Salom Hanafiydir.

O’zini “Afg’oniston Islomiy Amirligi” deb iddao qilayotgan Tolibon guruhi safida turli millatga mansub shaxslar qatnashib keladi. Son jihatdan o’zbeklar ikkinchi o’rinda turadi. Tolibon safidagi o’zbeklar shimoliy viloyatlardagi janglarda ancha faol qatnashgan. Jangning birinchi safida asosan o’zbek va turkmanlar ishtirok etgan. Mahalliy o’zbek jangarilariga ko’ra, ularning ishtirokisiz shimoldagi viloyatlarni tortib olish amri mahol edi.

Tolibon rasmiylari esa ular siyosiy hokimiyat uchun emas, islom dinini himoya qilish uchun jang qilganini iddao qiladi.

Tolibon vakillari o’rtasida qudratni bo’lishib olish borasida tortishuvlar davom etayotgani aytiladi.

Bu orada, jangda son jihatdan ikkinchi o’rinda turgan o’zbeklarga qanday haq-huquq berilgan?

Tolibon guruhi o’z hukumatini e’lon qilar ekan, tayinlangan 33 rasmiyning atigi bir nafari o’zbek – juzjonlik Mavlaviy Abdul Salom Hanafiydir. U bosh vazirning ikkinchi o’rinbosari sifatida ko’rsatilmoqda.

Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy 1969-yil Juzjon viloyatining Qo’shtepa tumanida tug’ilgan. Hanafiy boshlang’ish ta’limni Juzjonda olgan, so’ng tahsilni Pokiston madraslarida davom ettirgan.

Juzjondan Tolibon guruhiga birinchi bo’lib qo’shilgan Abdul Salom Hanafiy guruh hokimiyati paytida Faroh viloyati hokimining o’rinbosari va maorif vaziri lavozimida ishlagan.

Toliblar orasida ko’zga ko’ringan yana bir o’zbek – faryoblik Qori Salohiddin Ayubiydir.

Toliblar orasida ko’zga ko’ringan yana bir o’zbek – faryoblik Qori Salohiddin Ayubiydir.
Toliblar orasida ko’zga ko’ringan yana bir o’zbek – faryoblik Qori Salohiddin Ayubiydir.

Qori Salohiddin Ayubiy Faryobning Almor tumanidan. Guruhning yetakchi qo’mondonlaridan biri. Shimoldagi o’zbeklar ko’pchiligi uning da’vati asosida Tolibonga qo’shilgani aytiladi. Uning toliblar orasidan hurmati baland.

Salohiddin Ayubiy Kobulga birinchi bo’lib kirib, prezident saroyini nazoratga olgan. Ashraf G’ani o’tiradigan stoldan turib “Al Jazeera”ga intervyu bergan edi.

Jang maydonida son jihatdan ikkinchi o’rinda turgan o’zbeklarga hokimiyatda yetarli o’rin berilmagan.

Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy va Qori Salohiddin Ayubiy o’zbeklarni qay darajada himoya qila oladi? Buni esa vaqt ko’rsatadi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG