Breaking News

Xitoy Afg'onistonning tabiiy boyliklariga ko'z tikdimi?


Tolibon Afg’onistonda hokimiyatni qo’lga olganiga bir oy bo’ldi. Xalqaro hamjamiyat moliyaviy ko’makni to’xtatishi hamda Afg’onistonning xorijdagi pullari muzlatilishi ketidan mamlakatda iqtisodiy inqiroz kuchayib, Tolibon Xitoydan yordam olishga umid qilmoqda.

Xalqaro hayot – 4-oktabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:44 0:00

“Agar Afg’oniston Xitoy taklif etgan loyihalarga va hamkorlikka ko’nsa, iqtisodiy va moliyaviy yordam olishi mumkin albatta. Xitoy Afg’onistonni qattiqroq nazorat qilishga va ta’sirini o’tkazishga umid qilmoqda, ayniqsa Afg’onistondan chiqib, Xitoyga kirishi mumkin bo’lgan jangarilar yoki faollarni kuzatishga kelganda”, - deydi Vashingtondagi RAND korporatsiyasi tahlilchisi Timoti Xis.

Qo’shni Pokiston Tolibonni bir necha milliard dollarlik Xitoy-Pokiston iqtisodiy korridoriga qo’shish haqida harakat bilan gaplashganini ma’lum qildi. Xitoy siyosiy va iqtisodiy ta’sirini Yevropaga yoyishga urinarkan, “Kamar va yo’l” tashabbusi doirasida ko’plab infratuzilma loyihalarini moliyalamoqda.

“Xitoy Afg’onistonni ham ushbu loyihalarga sherik qilib, Kobul iqtisodiyotini barqarorlashtirishga, buning ketidan Xitoyning g’arbiy viloyatlarida notinchlikka sabab bo’layotgan siyosiy beqarorlikni kamaytirishga umid qilmoqda”, - deydi ekspert.

Xitoy Afg’onistonning boy mineral resurslariga ham qiziqish bildirmoqda, deydi kuzatuvchilar.

“Xitoy Tolibon bilan kelishib olsa, Pekin uchun strategik ahamiyatga ega minerallarni qazish uchun imkoniyatlar ochiladi”, - deydi Vashingtondagi Yaqin Sharq institutidan Marvin Vaynbaum.

Ayrim hisoblarga ko’ra, Afg’onistonda 1 trillion dollardan oshiq qiymatga ega tabiiy resurslar zaxirasi mavjud.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG